Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Kim Chen In Koreya urushi yakunlanganini e'lon qilishadi – OAV
FOTO : TASS / Inter-Korean Press Corps-POOL
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapurdagi AQSh-KXDR sammitida Koreya urushi yakunlangani haqida qo‘shma bayonot berishadi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Nikkei yapon nashri ma'lum qildi.
Shu munosabat bilan muzokaralarda Janubiy Koreya va Xitoy yetakchilari ham ishtirok etishlari kutilmoqda.
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi 1950-1953 yillardagi urushdan keyin yarashuv sulhi tuzilgan, biroq ixtilof rasman hali yakunlanmagan. Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In apreldagi uchrashuvlarida ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik sulhi joriy yilda imzolanishi mumkinligini ma'lum qilishgandi.
Bundan tashqari, nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Shimoliy Koreyaning 2020 yilgacha to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishiga kelishishga umid qilmoqda. Shu tariqa Tramp Shimoliy Koreya muammosini o‘zining prezidentlik muddati yakunlangungacha hal qilmoqchi.
Avvalroq AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining uchrashuvi 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:41
Tramp: Zelenskiy bilan kelishish Putinga qaraganda qiyinroq
13:42
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
09:25
Eron mojarosi: Tramp NATO kelajagi haqida keskin bayonot berdi
07:46