Jahon | 16:57 / 25.11.2024
18738
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi

Tsvi Koganning o‘limida gumonlanayotgan O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi ushlangani va ish prokuraturaga oshirilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Emirates News Agency

BAA Ichki ishlar vazirligi isroillik rohib Tsvi Koganning o‘ldirilishida gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olinganini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, ular – Mahmudjon Abdurahim o‘g‘li Kenjaboyev, Azizbek Komilovich Ismoilov, Olimboy Tohirovich Davlatyorov bo‘lib, barchasi O‘zbekiston fuqarosi. BAA IIV keltirgan fotosuratlarda ular ko‘zi bog‘langan, qo‘l-oyog‘i kishanlangan holda tasvirlangan.

Qayd qilinishicha, ish prokuraturaga oshirilgan, ammo ularga qanday ayblov qo‘yilayotganiga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, qotillik motivlari qanday bo‘lgani ham noma’lum.

Tsvi Kogan

28 yoshli ravvin Tsvi Koganning jasadi 24 noyabr kuni topildi. 21 noyabr kuni u bedarak yo‘qolgani, uni oxirgi marta Dubayda ko‘rishgani haqida xabar berilgan edi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Kogan BAA rezidenti, shuningdek, Moldova fuqarosi bo‘lgan. U bir necha yil BAAda yashab, Nyu-Yorkdagi pravoslav yahudiylarning «Chabad» harakati bilan birga yahudiy jamoat ishlari bilan shug‘ullangan.

Mavzuga oid