Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yana ikki nafar bloger va sayt bosh muharriri qamaldi
Blogerlar va sayt muharriri transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish va mayda bezorilikda ayblangan. Ularga tegishli huquqbuzarlik juda tez muddatda sudda ko‘rib chiqilgan.
Qashqadaryo viloyati sudining xabar berishicha, 29 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining ochiq sud majlisida bloger A. Abdullayev (1987 yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan), Nasaf News veb-sayti rahbari Umid Karimov (1996 yilda Qarshi tumanida tug‘ilgan) va avtobloger Maqsud Muzaffarov (1988 yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan)ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.
Mazkur fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir qator bandlari bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga besh sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.
Jumladan :
- A. Abdullayev MJtK 125-moddasi 3-qismi, 5-qismi, 126-moddasi 1-qismi, 127-moddasi 2-qismi (barchasi transport vositalaridan foydalanishga tegishli qoidabuzarliklar), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan;
- U. Karimov MJtK 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan;
- M. Muzaffarov 125-moddasi 5-qismi, 126-moddasi 1-qismi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, 29 may kuni soat 10:20 larda Shahrisabz shahar IIB YHXB boshlig‘i F. Yangiboyev shahar IIB YHXB ma’muriy binosi oldida davlat raqam belgisi yechilgan holda barcha oynalari to‘liq qoraytirilgan «Jyentra» mashinasini ko‘rib, undan shubhalangan.
So‘ng hujjatlarini tekshirish va ushbu mashina kimga tegishli ekanini aniqlash uchun borganida fuqaro A.Abdullayev «Jyentra» o‘ziga tegishli ekanini ma’lum qilgan.
A.Abdullayev IIB YHXB boshlig‘iga o‘zining fuqarolik pasportini berib, mashinaga tegishli hujjatlarni bermagan va qo‘pollik qilgan. Shunda F. Yangiboyev boshchiligidagi YHXB xodimlari mashina egasini aniqlash va sodir qilgan qoidabuzarlik uchun uni jarima maydoniga joylashtirmoqchi bo‘lganida, A.Abdullayevning yonida turgan M. Muzaffarov va U. Karimov IIB xodimlariga nisbatan qo‘pollik qilib, janjal qila boshlagan.
Shundan so‘ng Shahrisabz shahar IIB YHXB F. Yangiboyev Shahrisabz shahar IIBga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni tushuntirib, yordamchi kuch yuborishni so‘ragan. Zudlik bilan Shahrisabz shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari J. Raupov voqea joyiga yetib kelib, A.Abdullayev bilan suhbatlashib, mashina egasini so‘raganda u IIB boshlig‘ining o‘rinbosari J. Raupovga ham qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
M.Muzaffarov va U.Karimov suhbatga aralashib, ular ham IIB boshlig‘ining o‘rinbosari J. Raupov va boshqa xodimlar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan va fuqarolar oldida IIB xodimlarini obro‘sizlantirgan.
Shuningdek, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, baqir-chaqir qilib, mayda bezorilik qilgan.
Shundan so‘ng A.Abdullayev va M.Muzaffarovga tegishli ikkita “Jyentra” ham tekshirib ko‘rilganda ularning oynasi ruxsat olinmasdan qoraytirilgani, davlat belgisi yechib olingani va qayta jihozlangani aniqlangan.
“Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi viloyat sudining ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining 2023 yil 27 maydagi qaroriga asosan, qashqadaryolik yana bir bloger Elmurod Odilov MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 198-moddasi (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
OAVga ko‘ra, u hokim o‘rinbosarining safarbarlikka chaqiruv rezervi uchun odam topish topshirig‘i yuzasidan voqea joyiga borib, kaltaklangan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:12 / 24.01.2026
Qashqadaryoda qor bo‘ronida qolib ketgan 10 nafar fuqaro qutqarildi
19:32 / 18.01.2026
Masdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025