Keça, 23 yanvar kuni soat 18:00 da Qaşqadaryo viloyati FVBga Dehqonobod tumanining «Mustaqillik» MFY hududidan ötgan avtomobil yölida kuçli şamol natijasida qor böroni kuzatilgani haqida murojaat kelib tuşgan. Xabarda aytilişiça, ob-havoning keskin yomonlaşişi sabab yölning ayrim qismlarida bir neçta avtomobillarning harakati çeklangan va fuqarolar yölda qolib ketgan. Ularga tezkor amaliy yordam zarur bölgan.
Murojaat asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari maxsus yöl tanlamas avtomobilda körsatilgan manzilga yöl olgan. Qutqaruv işlari davomida qiyin ahvolga tuşib qolgan 10 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
FVV fuqarolarni qişki mavsumda ob-havo şaroiti keskin özgarişi mumkinligini inobatga olib, yölga çiqişdan oldin havo ma’lumotlarini kuzatib boriş, zarur hollarda yölga çiqmaslik hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor xizmatlarga murojaat qilişga çaqirmoqda.

















