Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sanoat turizmi rivojlantiriladi. Sayyohlarga oltin konlaridagi portlatish jarayoni ko‘rsatiladi
Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatiga qarashli Amantoytov va Dovgiztov konlari hududida geoturizm va sanoat turizm yo‘nalishidagi infratuzilma obektlari yaqindan o‘rganildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bunda turizmning yangi turlarini joriy etish maqsad qilingan.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati sanoatlashgan hudud bo‘lgani bois, unda geoturizm va sanoat turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tasarrufidagi oltin, ruda va boshqa mineral resurslar qazib oluvchi konlardagi mavjud infratuzilma obektlari o‘rganildi. Kelgusida Amantoytov va Dovgiztov konlarini sayyohlar tashrif buyuradigan turistik maskanga aylantirish rejalashtirilgan.
Amantoytov va Dovgiztov konlari markaziy Qizilqum cho‘lining ruda maydoni mintaqasidagi konlar bo‘lib, Navoiy shahridan 180 km shimolda, Zarafshon shahridan 40 km sharqda joylashgan. Ruda zaxirasi ko‘lami, rudani qazib olish texnologik sharoitining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi.
Mazkur oltin qazib olish konida, ishlab chiqarish jarayoniga xalal bermagan holda, xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun eksklyuziv nou-xau va sanoat turizmining yangicha uslubdagi yo‘nalishini tashkil qilish maqsad qilingan.
Xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligi ta'minlangan holda oltin qazib olish konida tog‘ jinslarini portlatish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq masofadan, panorama oynali maydonchalarda turib kuzatish, shuningdek, mazkur hududda ular uchun yengil konstruksiyali dam olish maskanlari hamda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
20:26 / 29.05.2026