Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksportchilarning transport xarajatlarini kompensatsiyalash to‘xtatildi
O‘zbekistonda eksportchilarning transport xarajatlarini davlat budjetidan subsidiyalash amaliyoti bekor qilindi. Bu – savdoni tartibga solishni Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi.
Tuzatishlarga ko‘ra, eksportchilarning avtomobil, havo va temiryo‘l tashuvlari xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Eksportchilarga 2024 yil 31 dekabrga qadar amalga oshirilgan eksport uchun belgilangan tartibda subsidiya va kompensatsiyalar beriladi. Ushbu to‘lovlar 2025 yil 1 fevralga qadar amalga oshiriladi.
Farmon 2025 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha davlat eksportchilarning o‘z mahsulotlarini eksportga tashish xarajatlarining 50 foizini qoplab berayotgan edi. Bu maqsadlar uchun 2022 yilda 336 mlrd so‘m, 2023 yilda 509,9 mlrd so‘m, 2024 yilda 138,8 mlrd so‘m ajratilgan.
Mavzuga oid
13:41 / 21.03.2026
Meva-sabzavot eksportchilari uchun fitosanitariya nazorati yengillashadi
15:51 / 12.03.2026
O‘zbekiston eksportida poytaxt ulushi eng yuqori bo‘ldi
15:21 / 09.03.2026
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p xarid qilayotgan davlatlar aytildi
15:28 / 02.03.2026