Qaror loyihasiga köra, ösimliklar karantini va himoyasi sohasida davlat xizmatlari samaradorligini oşiriş, fitosanitariya nazoratini zamonaviy mexanizmlar asosida taşkil etiş hamda tadbirkorlik sub’yektlari uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş közda tutilgan.
Hujjatda 119 ta TIF TN kod ostidagi tovarlarni karantin ostidagi mahsulotlar röyxatidan çiqariş, tekşiruvlar sonini 30 foizgaça qisqartiriş va örta xavfli tovarlar böyiça nazorat muddatini örtaça 3 iş kunidan 1 iş kunigaça kamaytiriş belgilangan.
Şuningdek, 2026 yil 1 iyuldan boşlab karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratida avtomatlaştirilgan xavflarni boşqariş tizimi joriy etiladi. Uşbu tizim orqali xavfi past tovarlar böyiça karantin körigi dalolatnomasi avtomatik ravişda rasmiylaştiriladi va yuklar qöşimça jismoniy nazoratga yönaltirilmaydi.
Loyihada meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştirişdan eksportgaça bölgan zanjirni takomillaştirişga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, içki fitosanitariya sertifikatini rasmiylaştirişda karantin inspektorlariga kömaklaşuvçi jamoatçi inspektorlar faoliyati yölga qöyiladi.
Bundan taşqari, eksportçilar va ularning vakillari maxsus onlayn platformalar orqali bepul öqitilib, malaka sertifikati oladi. Sifatsiz qadoqlangan, saralanmagan yoki xom uzilgan mahsulotlar esa fitosanitariya sertifikati oliş imkoniyatidan mahrum qilinişi mumkin.
Qaror loyihasida yana bir muhim yangilik sifatida 2026–2028 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saralab, zamonaviy qadoqlab sotgan tadbirkorlarga qadoq xarajatlarining 50 foizigaça, ammo har bir qadoq uçun 6 ming sömdan oşmagan qismi qoplab berilişi nazarda tutilgan.
Uşbu çoralar eksport jarayonlarini tezlaştiriş, tadbirkorlar xarajatlarini kamaytiriş, mahsulot sifati va jozibadorligini oşiriş hamda mamlakatning eksport salohiyatini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.











