Rasmiy ma’lumotlarga köra, poytaxtda eksport hajmi 6,6 mlrd dollarni taşkil etib, mamlakatdagi umumiy eksportning katta qismini ta’minlagan. Şuningdek, Toşkent viloyati 2,2 mlrd dollar bilan ikkinçi örinni egallagan.
Keyingi örinlarda Navoiy viloyati — 1,4 mlrd dollar, Andijon viloyati — 1,3 mlrd dollar va Samarqand viloyati — 1,2 mlrd dollar eksport körsatkiçlari bilan qayd etilgan.
Şuningdek, Farğona viloyati 1,1 mlrd dollar, Namangan viloyati 722,6 mln dollar, Qaşqadaryo viloyati 513,5 mln dollar va Surxondaryo viloyati 507,5 mln dollarlik eksportni amalga oşirgan.
Bundan taşqari, Xorazm viloyati 435,7 mln dollar, Qoraqalpoğiston Respublikasi 435,2 mln dollar, Buxoro viloyati 414 mln dollar, Sirdaryo viloyati 283,1 mln dollar hamda Jizzax viloyati 272,3 mln dollarlik eksport körsatkiçlarini qayd etgan.
Mazkur raqamlar mamlakat hududlarida eksport faoliyati bosqiçma-bosqiç kengayib borayotganini körsatadi.












