Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matematika bo‘yicha testga o‘qituvchini tanish bo‘yicha savol kiritilgani ma'lum bo‘ldi
Reddit foydalanuvchisi matematika o‘qituvchisi testga o‘z yuzini tanish bo‘yicha savolni kiritgani haqida hikoya qilib berdi. Bu holatga Meduza muxbiri e'tibor qaratgan va nashrda shu haqda xabar yozilgan.
Mazkur test varag‘idagi sanaga ko‘ra, matematika bo‘yicha testga bunday vazifa kiritilishi hodisasi 2015 yilning noyabr oyida ro‘y bergandi. O‘qituvchi test savoliga ko‘rinishidan sharqiy osiyoliklarni eslatuvchi 4 kishining suratini joylashtirib, ular orasida qaysi biri o‘zi ekanini topishni so‘ragan.

«Chorakning deyarli yarmi ortda qoldi. Men hamma meni taniydi, deb o‘ylayman. Savol shunday: Qaysi surat meniki?», – deyilgan savolda.
To‘g‘ri javob uchun o‘quvchiga 1 ball berilgan.
Reddit foydalanuvchisining bildirishicha, u savolga to‘g‘ri javob qaytargan, chunki u hamisha darslarga kelgan. O‘qituvchi esa doimiy ravishda yo‘qlama qilib bormas edi. Test sinovi vaqtida ham u sinfxonada bo‘lmagan.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
21:22 / 28.02.2026