Namanganda öqituvçi öquvçi qizga jinsiy zöravonlik qilişda gumonlanmoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Yangiqörğon tumanida yaşovçi H.D. 28 mart kuni tuman IIBga murojaat qilgan. U öz murojaatida 2013 yilda tuğilgan qizi 6-sinfda öqişini, 1973 yilda tuğilgan öqituvçi T.Ş. farzandiga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganini bildirgan.

Holat yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi T.Ş. protsessual tartibda uşlangan. Unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani holatni öz nazoratiga olganini bildirgan.

Töldiriş: Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati sudlari axborot xizmati rasmiy axborot berdi. Unga köra, JIB Yangiqörğon tuman sudida tuman prokurorining öqituvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi körib çiqilgan. Sudning 2026 yil 30 martdagi ajrimi bilan prokuror iltimosnomasi qanoatlantirilib, Ş.T. qamoqqa olinişi va tergov hibsxonasiga joylaştirilişi belgilangan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan zörlik işlatib, qörqitib yoki jabrlanuvçining ojizligidan foydalanib jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyati nazarda tutilgan. Bunday qilmiş uçun 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.

Avvalroq Angrenda 14 yoşli qizni zörlagan 4 kişi ozodlikdan mahrum qilingandi.