Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
Xizmat tekshiruvi natijalari Anvar Rajabovning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborilgan.
Foto: Videodan kadr
O‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ishga ko‘rsatma bergan Jarqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari Anvar Rajabov ishdan olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov ma’lum qildi.
“Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi pedagog xodimlaridan pul mablag‘lari majburiy tartibda yig‘ilayotgani haqidagi xabar yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakunlandi.
Tekshiruv viloyat hokimi nazoratida o‘tkazilib, holatlar kompleks tarzda o‘rganildi, hujjatlar tahlil qilindi va mas’ul shaxslarning tushuntirishlari olindi. Natijada Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari Anvar Rajabov tomonidan berilgan ko‘rsatma amaldagi qonunchilik talablariga zid ekani, xususan, ixtiyoriylik tamoyili buzilgani aniqlandi”, deyiladi bayonotda.
Bayonotga ko‘ra, xizmat tekshiruvi xulosasiga muvofiq Anvar Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va uning harakatlariga huquqiy baho berish uchun tekshiruv materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Kun.uz avvalroq Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta’lim maktabida o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish bo‘yicha topshiriq berilgani haqida xabar qilgandi. “Hozir menga hokim o‘rinbosari Anvar Rajabov telefon qildi. Ertaga ertalab soat 9:00 gacha 1 mln pulni hokimiyatga olib borib berishimiz kerak ekan! Darsim yo‘q edi, xabarim yo‘q edi demanglar”, deya yozgan maktab direktori Oysara Uzoqova o‘z topshirig‘ida.
Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat berib, Anvar Rajabovga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani hamda kelgusida bu kabi qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlarini amalga oshirishda qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tushuntirish xati olingani va rasmiy ogohlantirish berilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:01
Tolibjon Saidov yana ishdan bo‘shatildi
13:35
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini “zamhokim” bergani tasdiqlandi
13:14
Pensiyaga kuzatilgan bojxonachi 4 kundan keyin yangi lavozimga tayinlandi
10:02