O‘zbekiston | 21:23 / 04.04.2018
19948
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand tumanidagi mashina bozori boshqa joyga ko‘chiriladi

Foto: "Zarafshon" gazetasi

Samarqand tumanidagi “Maroqand” dehqon bozorining filiali bo‘lgan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chiril​adi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari va Pastdarg‘om tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan, deb xabar bermoqda O‘zA.

"Samarqand tumanidagi “Maroqand” dehqon bozorining filiali bo‘lgan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chirilgan holda uning hududi baliqchilik xo‘jaligi innovatsion ilmiy o‘quv markazi, baliqchilik laboratoriyasi, maxsus maktabgacha ta'lim muassasasi, mehmonxona va ko‘p qavatli turar joylar barpo etish uchun “Oq amur baliqlari” fermer xo‘jaligiga ajratib beriladi", deyiladi xabarda. 

Samarqand tuman arxitektura va qurilish bo‘limi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda avtomobil bozori uchun tuman hududidan joy tanlanmoqda.

Mavzuga oid