Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamas so‘nggi jasadlardan birini qaytardi
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari qoldiqlarni Isroilga yetkazdi. G‘azoda yana ikki garovga olingan shaxsning jasadi borligi taxmin qilinmoqda.
Foto: Anadolu
Hamas 25 noyabr kuni markaziy G‘azodan topilgan bir isroillik garovga olingan shaxsning jasadini topshirdi. Qizil Xoch vositachilari qoldiqlarni Hamasdan Isroilga yetkazdi.
Sud-tibbiy ekspertizadan so‘ng Isroil hukumati jasadning – 2023 yil 7 oktyabrda olib ketilgan Dror Or ekanini aniqladi.
G‘azoda hamon ikki kishining jasadi borligi aytilmoqda: biri isroillik – 24 yoshli Ran Gvili va biri tailandlik – 43 yoshli Sudthisak Rinthalak.
New York Times'ning yozishicha, bu Hamas va Isroilni G‘azo bo‘yicha sulhning eng muhim tortishuv nuqtalaridan birini hal etishga yana bir qadam yaqinlashtirdi.
Isroil va Hamas AQSh qo‘llab-quvvatlagan sulhga 10 oktyabr kuni kelishgan edi. Bu G‘azodagi ikki yildan ortiq davom etgan urushni to‘xtatdi. Kelishuvning bir qismi sifatida Hamas anklavda qolgan 20 nafar tirik isroillik garovdagilarni – deyarli 2 000 nafar falastinlik mahbus va qo‘lga olingan shaxslar evaziga ozod qildi.
Hamas shuningdek, G‘azoda qolgan yana 28 nafar isroillik va xorijiy fuqaroning jasadlarini topshirishga rozi bo‘lgan. Tirik garovdagilar tezda topshirilgan, jasadlar esa bir necha hafta davomida bosqichma-bosqich berib kelinmoqda.
Isroil rahbarlari, jumladan, bosh vazir Benyamin Netanyahu Hamasni jarayonni cho‘zayotganlikda ayblagan. Lekin Hamas buni rad etadi. Guruhga ko‘ra, anklavdagi Isroilning 2 yillik bombardimonlaridan so‘ng vayronalar ostidagi jasadlarni topish qiyinlashgan.
Sulhga qaramay har ikki tomon bir-birini kelishuv shartlarini buzayotganlikda ayblab kelmoqda. Isroil armiyasi qurollangan shaxslar o‘z kuchlariga qarata o‘q uzganini aytib, sektor bo‘ylab zarbalar berdi.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi idorasiga ko‘ra, sulh imzolanganidan beri Isroil hujumlaridan 300 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:33 / 01.04.2026
Tramp: AQSh Eron bo‘yicha maqsadiga yetdi, hujumlar tez orada to‘xtaydi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
08:37 / 30.03.2026
Erondagi og‘ir suv zavodi Isroil zarbasidan keyin ishdan chiqdi
23:48 / 29.03.2026