Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroildagi kimyo zavodiga zarba berdi
Zavod ishchilari evakuatsiya qilingan. Xavfli moddalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus guruh sanoat hududida zararli moddalar tarqalishi xavfini baholamoqda.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Eronning raketa zarbasi natijasida Isroil janubidagi Neot-Xovav sanoat hududida joylashgan kimyo zavodida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar berdi Ynetnews.
Xabar qilinishicha, zavod ishchilari evakuatsiya qilingan. Xavfli moddalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus guruh sanoat hududida zararli moddalar tarqalishi xavfini baholamoqda.
Isroilning Maariv gazetasining yozishicha, voqea joyiga xavfli moddalar bilan ishlash bo‘yicha uchta guruh jo‘natilgan.
Calcalist nashri sanoat hududi atrofidagi korxonalar yopilgani haqida xabar berdi. Nashrga ko‘ra, Neot-Xovavda o‘nlab yirik fabrikalar bo‘lib, ularda minglab ishchilar ishlaydi.
Fars agentligining o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, Eron Isroilning harbiy sanoatga aloqador zavodiga zarba bergan.
Neot-Xovav sanoat hududi Isroil kimyo sanoatining muhim markazi hisoblanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan barcha kimyoviy moddalarning qariyb yarmi shu yerda ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
10:10 / 16.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
09:34 / 16.05.2026
Eron Rossiyaga uran topshirish bo‘yicha muzokaralarni tasdiqladi
09:30 / 16.05.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
09:30 / 15.05.2026