36 yoşli Şuhratbek Abduqahhorov kombaynga oyoqlari kirib ketişi oqibatida olgan jarohati tufayli 9 noyabr kuni jonlantiriş bölimiga olib kelingan.
Dastlabki yordam körsatilgaç, u jonlantiriş bölimida qoldirilgan. Ertasiga, 10 noyabr keç soat 21 atrofida, oyoğining çiqqan joyini soliş maqsadida berilgan narkoz va muolajadan keyin, bemor vafot etgan.
Muolaja vaqtida çiroq öçib qolgan va kislorodni qöl orqali boşqariladigan moslama yordamida berişgan. Marhumning yaqinlari ölimga çiroq öçişi sabab bölganini aytmoqda.

Marhumning otasi Rafiqjon Abduqahhorov farzandi öşa kuni narkozdan oldin ahvoli juda yaxşi bölganini aytdi.
“Ahvoli juda yaxşi edi. Oğriq yöqmi degan savolimga oğriq yöq deb javob berdi. Oyoqlarimni tikişdi dedi.
Doktorga kirdim, u ham: “Holati yaxşi, xavotir olmang, bugun oyoğini solamiz, ertaga esa palataga olib çiqamiz”, dedi. Keçgaça turdik. Öğlim: “Ketaveringlar, yaxşiman”, dedi. Biz ketgaç, oyoğini joyiga soliş uçun bizdan söramay yana narkoz berişgan. Bola kötara olmagan”, – deydi Rafiqjon Abduqahhorov.

Marhumning ukasi Ikromjon ölim röy bergan vaqtda şifoxonada bölgan.
“Men akamning oldida qolgandim. Öng oyoğining quymiçi çiqqan, deb travmatologlar uni solamiz deyişdi. Agar narkoz bilan solmasak, oğriq kuçli böladi, kötara olmaydi, deyişdi.
Operatsiyadan keyin, yangi kislorod ballonini olib kirişda hamşiralarga yordam berdim (eskisi tugagan ekan), yangi ballonni ulagandan keyin 5 daqiqalar ötib svet öçib qoldi. Şu sabab qöl bilan apparat yordamida sun’iy havo berişdi. 10 daqiqalar davomida svet bölmadi. Svet kelgaç, qaytib kirsam, akangiz bölmay qoldi, deyişdi.
Yaxşi turgan odamni mana 10-15 minutda öldirişdi hisobi. Narkozgaça akamning ahvoli juda yaxşi edi”, – deydi marhumning ukasi Ikromjon Abduqahhorov.

















