Qayd etilişiça, ekspertizaning 28 aprel kungi dastlabki ma’lumotiga köra, fuqaro O.Davlatovada ikkala öpka va buyraklar kamqonligi, oq rangligi, ikkala buyrak va atrof yumşoq töqimalariga qon quyilişi, oşqozon va ingiçka içaklarning yalliğlanişi, oşqozon va ingiçka içaklar böşliğida 1000 ml qoramtir suyuqlikning mavjudligi va şilliq qavatlariga qon quyilişi, poliorganik yetişmovçiligi aniqlangan.

Tekşiruv davomida işga aloqador şaxslardan tuşuntiriş xatlari olinib, fuqaro O.Davlatovada kasallikning keçişi, jarrohlik operatsiyasi va muolajalarning öz vaqtida olib borilganligi, şifokorlar va boşqa xodimlarning xatti-harakatlarini örganiş maqsadida komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Şuningdek, tuman prokurori tomonidan 8 may kuni töplangan hujjatlar böyiça tekşiruv muddati bir oyga qadar uzaytirilgan.

Eslatib ötamiz, O.Davlatova şifoxonaga kuçli oğriq bilan olib kelingaç, körikdan ötkaziladi va köriçak taşxisi bilan operatsiya stoliga yotqiziladi. Şifokorlar bemorning yaqinlariga köriçagi yiringlab ketgani, şu sababli tananing boşqa joylariga ham oğriq berayotganini aytişgan. Biroq köriçakning olib taşlangan qismida yiring kuzatilmagan.

Operatsiyadan söng bemor biroz vaqt öziga kelmaydi va birdaniga koma holatiga tuşib qoladi. Biroz muddat ötgaç esa vafot etadi.