Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari zamonaviy banner va stendlar bilan jihozlanadi (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining hovlisini, bino yo‘laklari hamda sinf xonalarini banner va stendlar bilan bezatish bo‘yicha namunaviy talablarni ishlab chiqish vazifasi topshirilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2017 yil 1 martdagi “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining hovlisini, bino yo‘laklari hamda sinf xonalarini banner va stendlar bilan jihozlashning namunaviy talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 67-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Unda maktab hovlisi, yo‘laklari, ma'naviyat va ma'rifat xonasi, 19 ta fan bo‘yicha sinf xonalarini banner va stendlar bilan jihozlash bo‘yicha namunaviy talablar belgilab berilgan. Vazirlik xodimlari va soha mutaxassislari tomonidan namunaviy banner va stendlarning elektron ko‘rinishdagi tayyor shakli ishlab chiqilib, barcha ta'lim muassasalariga qo‘shimcha ishlash uchun qulay ko‘rinishda (Corel DRAW) yetkazilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, har bir umumiy o‘rta ta'lim maktabiga muassasa hovlisi, bino yo‘laklari va sinf xonalarini jihozlash hamda obodonlashtirishning namunaviy talablari bo‘yicha tavsiyalar yetkazilgan.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025