Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uybor’dan TOR 4 yangilik: barchasi yanada qulay
Dizayn
Uybor’ning yangilangan zamonaviy dizayni sayt foydalanuvchilarini mamnun qilishi aniq. Ayniqsa, mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan yangicha qiyofadagi interfeys orqali kerakli ma'lumotlarni yanada qulayroq izlash yohud joylashtirish mumkin.
Tezlik
Uybor yanada tezroq va samaraliroq ishlay boshlamoqda. Dastur qaytadan yozilgan bo‘lib, kattaroq tezlikni ta'minlaydi. Bundan tashqari, portal endilikda yanada kengroq auditoriyaga xizmat qila oladi.
- Uy izlovchilar uchun yangi imkoniyatlar
Yangi inshootlarni topish yanada osonroq: Yangi qurilgan binolarni qidirishda maksimal qulaylik yaratish maqsadida, endilikda Uybor’da e'lon joylashtiruvchi ilg‘or developerlar va ularning yashash majmualari sahifasiga asosiy menyu orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish mumkin.
Uylar haqida batafsil, ko‘proq ma'lumot: Toshkent shahrida joylashgan turar-joylarni izlovchi mijozlar uchun qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etila boshlandi. Masalan, mavjud uylar yaqinidagi hududda qanday maktab, bog‘cha, supermarket, metro bekati yoki boshqa infratuzilmalar joylashganligi yangilangan Uybor’da ko‘rsatib o‘tiladi.
Karta orqali qulay qidiruv imkoniyati: Yandex xaritasi yordamida foydalanuvchi uy izlashi, shuningdek, istalgan hududni chizib, uning ichidagi uylarni ko‘zdan kechirishi yanada osonlashdi.
- Uy sotuvchi yoki ijaraga beruvchilarga yangi imkoniyatlar
E'lon joylashtirish soddalashdi: Avvallari Uybor portalida e'lon joylashtirish uchun ikkita qadamni amalga oshirish zarur edi: birinchi ro‘yxatdan o‘tilib, elektron manzilni kiritish talab etilar edi. Keyin esa e'lon joylashtirilar edi.
Endilikda foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z e'lonini yuklashi mumkin. Mazkur jarayonda foydalanuvchi taqdim etgan telefon raqam va ismi orqali avtomatik tarzda Uybor’dan ro‘yxatdan o‘tadi.
E'lonni reklama qilish imkoniyatlari kengaydi: Yangidan-yangi hizmat turlari qo‘shildi. Masalan, tezkor e'lon xizmati foydalanuvchi e'lonini bir oy davomida har uch kunda ro‘yxatda ko‘rsatib turadi. Sombo hizmati esa bir necha turdagi reklama qilish usullarini jamlagan bo‘lib, foydalanuvchi uchun maksimal darajada qo‘ng‘iroqlar bo‘lishini ta'minlab beradi.
Endilikda Uybor’dan foydalanish va turar-joy savdosini amalga oshirish har doimgidanda qulay, tezkor, samarali. Uybor’ga tashrif buyuring va yangi xizmatlar orqali o‘z biznesingizni amalga oshiring.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:00 / 21.01.2020
Qay biri yaxshiroq: yangi mashina sotib olishmi yoki Toshkent shahridan yangi qurilgan uy xarid qilishmi?
09:00 / 18.11.2019
2019 yilda Toshkentdagi ko‘chmas mulk bozori qanday o‘zgarishlarga uchradi va bizni 2020 yilda nimalar kutmoqda?
11:00 / 30.09.2019
Istanbulda Toshkent narxidagi yangi xonadon sotib olishni xohlaysizmi?
09:00 / 15.08.2019