Turkiyaning dam olish maskanlari va diqqatga sazovor joylari dunyo bo‘ylab millionlab sayyohlarni jalb qiladi. Turkiyaga tashrif buyuruvchi xorijliklar orasida nafaqat dam olish, balki ishlash, o‘qish yoki shunchaki qulayroq yashash maqsadida keluvchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Axir, Istanbulda yashash Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda ancha arzonga tushadi. Shunday ekan, Istanbulda ko‘chmas mulk sotib olishga qanday qaraysiz?

Quyida Uybor.uz sayti tomonidan ishlab chiqilgan, Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olishning 5ta asosiy sababi keltirilgan:

Birinchi sabab – narx

Agar siz Turkiyada ko‘chmas mulk sotib olish qimmatga aylanadi deb o‘ylasangiz, u holda yana bir bor o‘ylab ko‘ring. Bugungi kunda Toshkentdagi kvartiralarning o‘rtacha narxi 1 m² uchun 656 AQSh dollarni tashkil qiladi. Ammo, yangi inshootlardagi bunday narxga sotilayotgan aksariyat kvartiralar esa ta'mirlanmagan. Xuddi shu narxga siz Istanbulda ta'mirlangan xonadonni sotib olishingiz mumkin.

Keling, Turkiyada sotib olishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta uy-joy variantlarini ko‘rib chiqamiz:

A) Beylikduzyu tumanidagi turar joy kompleksidagi xonadonlar (Istanbulning Yevropa qismi)

  • Qavatlar soni: 27 qavatli binoning 4-qavatida;
  • Xonalar soni: 3 ta;
  • Maydoni: 155 m²;
  • Xonadon holati: ta'mirlangan va qurilgan oshxona mebeli mavjud;
  • Narxi: 65000 AQSh dollari (1 m² uchun 481 AQSh dollari). 35%lik boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish bilan 36 oygacha bo‘lgan muddatli to‘lov asosida  sotib olish mumkin.

Tafsilotlar bu yerda.

B) Avdjilar tumanidagi turar-joy kompleksidagi xonadonlar (Istanbulning Yevropa qismi)