Bugungi kunda premial modellardagi avtomobillarning avtosalondagi bahosi 278 mln so‘mdan boshlanadi. Albatta, Siz bu pulga hashamdor va chiroyli mashina sotib olasiz. Lekin siz shu pulga Toshkent shahridan kvartira xarid qilishingiz ham mumkin. Mashinaga pul tikarkansiz, bu pullar o‘z qadrini naqadar tez yo‘qotishini his qilasiz. Kvartira esa sizga uzoq vaqt xizmat qilish bilan birgalikda o‘z qiymatini oshirib borishi mumkin.

Uybor.uz sayti ma'lumotlariga ko‘ra 2019 yilda Toshkentdagi kvartiralarning bir kv. metri bahosi 5 foizga oshgan. Ayni shu vaqt ichida oddiy foydalanishdagi premial avtomobillarning bahosi yiliga 10-20 foizga pasayadi. Demak, siz o‘z mablag‘ingizni saqlab qolish va ko‘paytirishni istasangiz, avtomobilga nisbatan ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish ancha foydaliroq ekanligi namoyon bo‘ladi. 

Uybor.uz sayti Toshkentdagi premial avto bahosida xonadon sotib olish mumkin bo‘lgan turar-joy komplekslari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

1. “Zolotoy klyuch” turar-joy majmuasi:

“Zolotoy klyuch” TJM

Manzil: Oltin Tepa (sobiq Tsiolkovskiy) ko‘chasi. Mo‘ljal Buyuk Ipak Yo‘li metrosi;

Foydalanishga topshirish muddati – 30 sentabr 2021 yil;

Bir kv.metr bahosi – 4,7 mln. so‘mdan boshlanadi;

2 xonali xonadon bahosi 251,7 mln. so‘mdan boshlanadi.

2. “Riverside” turar-joy majmuasi:

“Riverside” TJM

Manzil: Ahmad Yugnakiy massivi