Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» tuman tufayli parvozlar jadvalida o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida ogohlantirdi
Foto: NTV
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi mamlakatimizning ayrim hududlariga tushgan quyuq tuman tufayli parvozlar jadvaliga kiritilishi mumkin bo‘lgan ehtimolli o‘zgarishlar xususida ogohlantirdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilindi.
«O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi quyuq tuman tufayli reyslarning amaldagi jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi. Ko‘rishning yomonlashgani tufayli jadvalda ko‘rsatilgan vaqt ob-havo sharoitlari yaxshilangunga qadar o‘zgartirilishi mumkin», deyiladi xabarda.
15 dekabrdan 16 dekabrga o‘tar kechasi tushgan quyuq tuman tufayli uchish va qo‘nishda ko‘rishning yomonlashganligi sababli Toshkent, Buxoro va Andijon aeroportlari yopib qo‘yildi. Milliy aviakompaniyaning 11 reysi zaxira aerodromlariga yo‘l oldi.
Ayni paytda Sochi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelayotgan HY686 va Nukus – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kelayotgan HY54 reyslari zaxira aerodromi — Samarqand xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan. Qolgan bir necha reyslarning uchib kelishi va Istanbul, Nukus kabi shaharlarga reyslarning parvozi ham kechiktirilgan.
Toshkent va Samarqand shahridagi aeroportlardagi reyslarning holatini milliy aviakompaniyaning onlayn tablosi yoki aeroportlarning ma'lumotxonasi orqali bilib olish mumkin.
«Milliy aviakompaniya ekipajlari ob-havo sharoiti yaxshilanishi hamono reyslarni amalga oshirishga tayyor. Paydo bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va bizni to‘g‘ri tushunganingiz uchun tashakkur bildiramiz», deyiladi MAK xabarida.
Mavzuga oid
10:52 / 25.12.2025
Urganchda tuman sabab ayrim reyslar Buxoroga yo‘naltirildi
09:49 / 11.12.2025
Tuman havodagi mayda zarrachalar miqdorini oshirishi mumkin - O‘zgidromet
12:01 / 18.02.2025
Olmaotadagi tuman tufayli ikkita reys Toshkentga yo‘naltirildi
17:03 / 20.01.2025