Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman havodagi mayda zarrachalar miqdorini oshirishi mumkin - O‘zgidromet
Toshkent shahri va ayrim viloyatlarda kuzatilgan qalin tuman oqibatida havoda PM2,5 va PM10 kabi mayda zarrachalar miqdori oshishi mumkinligi ma’lum qilindi. O‘zgidrometga ko‘ra, bunga mamlakatga kirgan sovuq va nam havo massalari, shamol sustligi, inversiya hamda havodagi changning katta qismi tashqi hududlardan kirib kelayotgani sabab bo‘lmoqda.
Foto: Kun.uz
Maxsus komissiya topshirig‘iga muvofiq, O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri va ayrim viloyatlarda kuzatilgan tuman oldindan prognoz qilingan bo‘lib, u havoda PM2,5 va PM10 kabi mayda zarrachalar miqdorining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, tumanning asosiy sababi mamlakat hududiga kirgan sovuq va nam havo massalaridir. Avvalroq shu kunlarda havo sezilarli darajada sovishi haqida ham ma’lum qilingan edi.
Shu bilan birga, O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat havosidagi changning 55–60 foizi tashqi hududlardan keladi. Oxirgi kunlarda shamol sustligi, inversiya hodisasi va hozirgi tuman tufayli ushbu zarrachalar havoda to‘planib, tarqalmay turib qolmoqda.
Mavzuga oid
13:17 / 16.03.2026
Hafta davomida ob-havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
11:14 / 13.03.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi davom etadi
16:10 / 11.03.2026
“Daraxtlarni asrash uchun chorvalarimgacha sotdim” – vodiyda bog‘bonlar sovuqdan qanday himoyalanmoqda?
13:42 / 10.03.2026