“Kechgacha 50 tadan ovoz yig‘masang hammangni yo‘qotaman” – Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari tashkilot rahbarlariga tahdid qildi
O‘lmas Istamov tashkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta tashabbusga ovoz to‘plashga majburlagani aks etgan audio tarqaldi. U mazkur topshiriqni tuman hokimi berganini aytib, “plan”ni bajarmaganlarni ishdan bo‘shatib yuborish bilan tahdid qilgan hamda tashkilot rahbarlarini noinsoflar, deya atagan.
Qiziltepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘lmas Istamov Zoom orqali yig‘ilish qilib, tashkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta tashabbusga ovoz to‘plashga majburladi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim o‘rinbosarining ushbu yig‘ilishdan yozib olingan audiosi tarqaldi.
O‘lmas Istamov qaysi tashkilot rahbari kechgacha belgilangan ovozni to‘plamasa, kim bo‘lishidan qat’i nazar uni ishdan bo‘shatib yuborishini aytgan.
“Hozir hokim topshiriq berdi, agar natija qilmaydigan bo‘lsang xafa bo‘lib o‘tirma birortang.
Shahriyor, natija qilsang qil, bo‘lmasa arizangni yoz, tushundingmi gapimni? Menga bugun natija qilasan. Agar “obed”dan keyin yuzta ovoz yig‘ib bermasang, yo‘q bo‘lasan, jo‘ra. Menga sen kabi rahbar kerak emas. Bugun kechga “razbor” bo‘ladi.
Qani 3-bog‘cha, deputat, Atamurodova? Nima uchun natija qilmayapsiz? Oqoltinning bog‘chalari bilan gaplashyapman, Vang‘ozining bog‘chalari ham bittayam o‘zgarish qilgani yo‘q. Aytib qo‘yay, bugun juda katta o‘zgarish bo‘ladi kadrlar masalasida. Kamida 50 foiz bog‘cha mudirasi ishdan ketadi.
Hamma ishingizni yig‘ishtirasiz hozir va open budjet bo‘yicha yo‘lning yoqasiga ikkinchi joyga ovoz berasiz. Hamma xulosa qilsin, katta yig‘ilish bo‘ladi mana shu masala bo‘yicha. Agar bugun kim o‘zgarish qilmaydigan bo‘lsa, hurmatli bog‘cha mudiralari, keyin xafa bo‘lib o‘tirmang: qizig‘i yo‘q kim bo‘lishingizdan qat’i nazar. Shuning uchun hamma xulosa qilib, bugun kamida 50 ta o‘zgarish qilishi kerak.
Agar o‘zini hurmat qiladigan rahbar bo‘lsa, kerak bo‘lsa birorta qarindoshining nomiga sim karta olib bo‘lsa ham qiladi. Agar yog‘ kerak bo‘lsa, yog‘ ham beraman sizlarga. Tayyorman shu narsaga ham.
35-, 8-, 18-, 26-bog‘chalar ham o‘zgarish qilgani yo‘q. Yaxshi bo‘lmaydi bugun, aytib qo‘yay. Juda qattiq yig‘ilish bo‘ldi hozir shu masala bo‘yicha. Birortangiz kechirilmaysiz.
Karimov Erkin qani? Ey, og‘ayni, lo‘ttivozligingni pishirib ye, tushundingmi? Sen ham ketasan bugun, aytib qo‘yay. Anavi Tillayev degani, 3-sonli musiqa maktab direktori ham ketadi. Menga qasamxo‘rlik qilib, ikki mingta ovoz yig‘ib beraman deb lag‘monni ildirib ketgan, noinsof. Sport maktab ham yo‘qoladi bugun.
Qolganlarga ham aytib qo‘yay, agar bugun o‘zgarish bo‘lmaydigan bo‘lsa, hammangni yo‘qotaman, menga bunaqa komanda kerak emas”, degan hokim o‘rinbosari yig‘ilishda.
O‘lmas Istamov tashkilot rahbarlariga kechgacha elliktadan ovoz to‘plashni topshirgan hamda kim buni bajarmasa o‘sha tashkilot rahbari bilan xayrlashishini, ya’ni uni ishdan bo‘shatib yuborishini aytgan.
Ma’lumot uchun, O‘lmas Istamov 2022 yil 15 fevral kuni Qiziltepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 34 yoshli “zamhokim” bungacha Qiziltepa tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri (hozirgi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri) lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Andijonda maktab direktori ustozlardan “Open budjet”ga ovoz yoki pul, katakxonaga esa tovuq so‘ragani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda Siemens ishtirokida "yashil" logistika markazi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:08
-
Ukraina va AQSh urush strategiyasi, «Moskva», Kursk, Baxmut va qarshi hujum bo‘yicha qanday bahslashgan? NYT surishtiruvidan asosiy gaplar
Jahon | 15:05
-
Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti
Jahon | 15:00
-
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi
Iqtisodiyot | 14:53
Mavzuga oid

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

16:22 / 25.03.2025
«Tashabbusli budjet»da eng ko‘p g‘olib bo‘lgan loyihalar ma’lum qilindi

22:26 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet” g‘oliblari e’lon qilindi

20:07 / 18.03.2025