Xovos tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça sobiq örinbosari jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1989 yilda tuğilgan Umidjon Xoliqov 2025 yil 4 apreldan Xovos tumani hokimi örinbosari lavozimida işlab kelgan. Uning şerigi – 1985 yilda tuğilgan Törabek Mamanazarov esa Sirdaryo viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boşqarmasi Xovos tumani bölimi mutaxassisi bölib işlagan.

Umidjon Xoliqov va Törabek Mamanazarov til biriktirib, noqonuniy boylik orttirişni maqsad qilgan. Ular 2025 yil iyun oyida hududdagi fermer xöjaligi rahbaridan 452 ga yer maydonini kelgusi yil şoli yetiştiriş taqsimotiga kiritiş, taqsimotsiz şoli yetiştirgan holatlarini hamda DXX tomonidan ötkazilayotgan tekşirişni ijobiy hal qilib beriş evaziga 10 ming dollar olgan.

Şundan söng sudlanuvçilar yer maydonini davlat zaxirasiga olib qöyiş va fermer xöjalik rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğattiriş bilan tahdid qilib, qöşimça 20 ming dollar talab qilgan. 

2025 yil sentabr oyida fermerning arizasi asosida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Umidjon Xoliqov söralgan puldan 10 ming dollarini Törabek Mamanazarov orqali olgan vaqtida uşlangan.

Şuningdek, Umidjon Xoliqov va Törabek Mamanazarov 2025 yil iyul oyida tumanda 160 ga yer maydoniga şoli ekkan çet el fuqarosining 10 ming dollar pulini ham firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan. Ular ekin maydoni BAAdan kelgan investorlarga kannabis ösimligini yetiştiriş uçun berilganini, şolini noqonuniy yetiştirayotganini bildirişgan. Söngra kelgusida mazkur şolini yetiştirişi uçun ularga tuman hokimligi nomidan eksport qiliş körsatkiçini kötariş maqsadida 10 ming dollar berişi zarurligini aytişgan. 

JIB Boyovut tuman sudining 2026 yil 22 yanvardagi hukmi bilan Umidjon Xoliqov va Törabek Mamanazarov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandi hamda 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. Ularning har ikkisiga 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şuningdek, ular 1,5 yildan hokimiyat tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan.

Sudlanuvçilardan solidar tartibda jabrlanuvçilar foydasiga 121 mln sömdan undiriş belgilangan.

Apellyatsiya sudining 2026 yil 2 apreldagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgartirilgan. Ya’ni iş böyiça yetkazilgan zarar qoplangani hamda jabrlanuvçilarning da’vosi yöqligi sababli 10 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 8 yil 1 oy muddatga tuşirilgan.