Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Buxoro viloyatida korrupsiya bilan bog‘liq navbatdagi jinoyat fosh etildi. Kogon tumani hokimi o‘rinbosari fermerga suv masalasini hal qilib berish evaziga pora talab qilib, pulni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Kogon tumani hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tamagirlik yo‘li bilan 12 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fermer “Qum Sulton” massivida joylashgan ekin maydonlarini suv bilan ta’minlashda muammoga duch kelgan. Sabab sifatida Kogon tumani hududi orqali keladigan suvning to‘xtatib qo‘yilgani ko‘rsatilgan.
Fermer mazkur muammoni hal qilish bo‘yicha yordam so‘rab tuman hokimi o‘rinbosariga murojaat qilgan. Mansabdor shaxs esa suvni ochib berishini va kelgusida bu borada muammo bo‘lmasligini aytib, evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilgan.
U 12 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida ushlangan.
Hozirda tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
16:01 / 02.06.2026