11:10 / 28.08.2022
37045

Bahodir G‘aniyev - ta’limni inqirozga eltgan sabablar, adolatsiz test tizimi va “Kamolot” haqida

Bu yil oliy ta’limda o‘qishni reja qilib, testga kirgan 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyentning 550 ming nafari (51,2 foiz) o‘tish ballining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmadi.

Bu ko‘rsatkich bugun ijtimoiy tarmoqlarda shu qadar ko‘p muhokama qilinyapti, jamoatchilik hayratiga sabab bo‘lyaptiki, ochig‘i, bu bizni biroz hayron qoldirdi.

Demak, shu paytgacha ta’limning haqiqiy ahvoli, uning “botgan botqog‘i” yo bo‘lmasa, maktabda o‘qiyotgan, uni bitirayotgan o‘quvchilarning aksari hatto bir bet matnni to‘g‘ri yozib berish malakasiga ega bo‘lmay chiqayotgani ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgan, shekilli.

Kun.uz muxbiri maktab ta’limiga oid mavzular yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki loyiha rahbari, xususiy maktablar bo‘yicha konsultant Bahodir G‘aniyev bilan suhbatlashdi.

Ma’lumot uchun, Bahodir G‘aniyev 1998-1999 yillarda Buyuk Britaniyaning Lafboro universiteti magistraturasini tamomlagan. 2005-2006 yillarda AQShning Yel universitetida malaka oshirgan.

U turli yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi, Prezident devonida Yoshlar ishlari sektori mudiri va “Iste’dod” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Bahodir G‘aniyev bilan suhbatimiz O‘zbekistonda xalq ta’limini inqirozga eltgan sabablar, bunda o‘qituvchilar va direktorlar o‘rni, test tizimidagi adolatsizliklar, kadrlar siyosati va “Kamolot”da kechgan yillar haqida bordi.

Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Intervyuni Ilyos Safarov o‘tkazdi.

Tasvirchi va montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.

Mavzuga oid
Top