Prezident Şavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oşiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Kam quvvatda işlayotgan pedagogika kollejlari negizida boğça va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi taşkil qilinişi aytildi.
Ilğor tajribalarni ommalaştiriş maqsadida ötgan yili 500 ta maktabda Prezident maktabi baholaş tizimi joriy etilgan edi. Buning samarasida ulardagi öquvçilarning özlaştirişi 53 foizdan 59 foizga oşgan. Yuqori natijaga erişgan maktablar rahbariyati va öqituvçilariga 40 foizgaça ustama belgilangan.
Şu bois uşbu baholaş tizimi yangi öquv yilidan yana 1 mingta maktabda qöllana boşlaydi. Ularga 182 ta ixtisoslaşgan hamda 500 ta tajribadan ötgan maktab biriktiriladi.
Şuningdek, 270 ta maktab interaktiv doska, 365 tasi kompyuter sinflari bilan jihozlanadi.








