Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor tanqidiy fikri uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi – Biznes-ombudsman
Biznes-ombudsman qurilishdagi korrupsiya haqida gapirgan tadbirkor Usmonjon Abdusamatovga nisbatan bosim bo‘layotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Foto: YouTube
Qurilish sohasidagi korrupsiya haqida fikr bildirgan tadbirkor Usmonjon Abdusamatovga nisbatan bosim bo‘layotgani to‘g‘risida tarqalgan habarlar bo‘yicha holat Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.
«Tadbirkor bildirgan tanqidiy fikri uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur holat Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorga nisbatan ta’qib sifatida baholanadi. Har bir tadbirkorning erkin faoliyat yuritishi va ularning huquqlariga rioya etilishi qonun bilan kafolatlangan», deyiladi xabarda.
Biznes-ombudsman barcha davlat organlarini tadbirkorlarning fikrlarini tinglash va biznes yuritishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etish bo‘yicha konstruktiv yechimlarni birgalikda izlashga chaqirdi.
«Shuni alohida ta’kidlash joizki, tadbirkorlarning ochiq fikr bildirishi va tanqidiy mulohazalari hukumat islohotlarini yanada takomillashtirishga va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Agar tadbirkor soha rivoji yo‘lida fikr bildirsa, bu holat tanqid va jazoga sabab bo‘lmasligi lozim. Aksincha, bunday fikrlar muammolarni hal etish uchun imkoniyat sifatida qabul qilinishi zarur», deyiladi xabarda.
Avvalroq, tadbirkor Usmonjon Abdusamatov Toshkentda qurilish uchun ruxsatnomalar va kadastr hujjatlarini olish bilan bog‘liq korrupsiyaviy «xarajatlar» haqida gapirgandi. Shundan so‘ng, Qurilish vazirligi uning ustidan IIVga shikoyat qildi.
Mavzuga oid
14:53 / 22.12.2025
“Ukrainskaya pravda”: Timur Mindich Isroilda
10:00 / 14.12.2025
Naqdsiz savdo talabi, metanga cheklov va korrupsiyaga qarshi klaster - hafta dayjesti
20:39 / 10.12.2025
Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri yo‘lga qo‘yiladi
08:30 / 07.12.2025