Monitoring taşrifida tergov hibsxonasidagi mahbuslarning yaşaş tarzi, ovqatlaniş, mehnat qiliş, tibbiy yordam oliş şaroitlari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etiş holati örganildi. Bu haqda monitoringda qatnaşgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Dastlab, kuzatuvçilar muassasada mahbuslarning oila a'zolari bilan qisqa va uzoq muddatli uçraşuv, telefon sözlaşuv uçun möljallangan xonalarni közdan keçirdi.

Şuningdek, mahbuslarga körsatiladigan tibbiy yordam masalasi yuzasidan hibsxonaning içki tibbiy bölinmasi şifokori dori-darmon, uskunalardan kamçilik va muammolar yöqligini, qoniqarli darajada şaroitlar borligini aytdi.

Lekin, şifokorning aytişiça, hibsxonada kadrlar masalasida muammo bor.

«Belgilangan 47 ştat örindan 5 ta şifokor vakant örnimiz mavjud. Oylik maoşimiz past bölgani sababli, şifokorlar bu muassasada işlaşdan boş tortişmoqda», – deydi bölinma şifokori.

U ötgan yili hibsxonada saqlanayotgan va koronavirusga çalingan mahbuslarni 1-tergov hibsxonasi şifokorlari davolagan bölsa-da, ularga ustama pullari berilmaganini ma'lum qildi.

Tergov harakatlarini ötkaziş va advokat bilan muloqot qiliş uçun möljallangan xonalarni közdan keçiriş jarayonida, bu toifadagi xonalar videokuzatuv vositalari bilan jihozlangani va advokatlar istalgan vaqtda advokatlik sörovnomasi bilan tergov jarayonlarida tasvirga olingan videomateriallarni talab qilib olişi mumkinligi aytildi.

Bu yerda erkak va ayollar alohida 4 kişilik xonalarda saqlanadi va ular bir kunda bir mahal sayr uçun hovliga olib çiqib turiladi.