Toşkent viloyati Zangiota tumanida yuk maşinasi köprikka urildi, deya xabar bermoqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmati.
26 sentabr kuni soat 19:00 atrofida M.S. boşqaruvidagi MAN yuk avtomobili Zangiota tumanidan ötuvçi M39 yölidagi yerosti yölida tegişli taqiqlovçi yöl belgilari örnatilganiga qaramasdan harakatlangan. Biroq gabarit ölçamlari töğri kelmagani sababli köprikning piyodalar harakatlanişi uçun möljallangan qismidagi beton tösinga urilgan.
Şundan söng voqea joyiga YHX hodimlari yetib kelib, yuzaga kelgan holatni bartaraf qilgan. Bir muddat avtomobillarning harakatlanişi çeklangan.
«Voqea harakat iştirokçilarining soğliğiga va köprikning avtomobillar harakatlaniş uçun möljallangan qismiga ziyon yetkazmagan. Faqatgina köprikning piyodalar harakati uçun möljallangan qismi şikastlangan», – deyiladi xabarda.

Hozirda şikastlangan qismni ta’mirlaş çoralari körilmoqda.
Holat yuzasidan Zangiota tumani YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












