Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada “myu” mutatsiya bilan 48ta yangi kasallanish holati aniqlandi
Foto: Reuters
Buyuk Britaniyada koronavirusning “myu” shtammi bilan kasallanishning 48 ta yangi holati aniqlandi, deb ma'lum qildi Britaniyaning The Mirror nashri.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, koronavirusning Mu yoki B.1.621 turi hozirda 39 mamlakatda aniqlangan.
Olimlarning taxmin qilishicha, koronavirusning bu turida COVID-19 vaksinalariga nisbatan chidamliroq bo‘lgan mutatsiyalar mavjud. Ammo buni aniqlash uchun ko‘proq tadqiqotlar kerak bo‘ladi.
JSSTda ta'kidlanishicha, ushbu tur birinchi bor aniqlangan Kolumbiyada uning tarqalishi hozirda 39 foizni, qo‘shni Ekvadorda 13 foizni tashkil qilmoqda.
Mu shtammi birinchi marta Kolumbiyada shu yil boshida aniqlangan edi.
Avvalroq JSST “myu” turini “qiziqish uyg‘otuvchi variant” sifatida o‘z monitoring ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar berilgan edi. Mutatsiya infeksiyaning aholi orasida yuqori darajada tarqalishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.
Mavzuga oid
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
20:53 / 01.05.2026
Urush davrida o‘zbekistonlik askarga boshpana bergan britaniyalik oila taqdirlandi
17:51 / 28.04.2026