O‘zbekiston Turkiyadan yana harbiy dronlar sotib oladi – OAV
O‘zbekiston Turkiyaning aerokosmik sanoat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ANKA SIHA harbiy uchuvchisiz qurilmalarini sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolagani aytilmoqda.

Foto: Turkish Aerospace Industries
Turkiyaning TUSAS kompaniyasi tez orada O‘zbekistonga ANKA dronlarini yetkazib berishni boshlashi kutilmoqda. Bu haqda Turkiyadagi mudofaa sanoati va harbiy aviatsiya yangiliklariga ixtisoslashgan SavunmaSanayiST portali xabar bergan.
O‘zbekiston tomoni TUSAS bilan nechta dron va qanday narxlarda sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolangani bo‘yicha ma’lumot bermagan.
Turkiyaning global miqyosdagi mudofaa sanoati mahsulotlari, jumladan harbiy uchuvchisiz qurilmalar bozoridagi o‘rni oshib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston shartnoma imzolagani aytilayotgan ANKA dronlaridan Turkiyada qurolli kuchlaridan tashqari Jazoir, Qozog‘iston, Tunis, Malayziya, Indoneziya va Chad armiyasi ham foydalanadi.

Ikki dvigatelli AKSUNGUR droni havoda 50 soatdan ortiqroq qolishi va 750 kilogramm miqdordagi foydali yukni ko‘tarib uchishi mumkin.

Bir dvigatelli ANKA SIHA droni esa havoda 30 soatgacha qolishi mumkin va 350 kilogramm foydali yuk ko‘tarish quvvatiga ega. Ikkala qurilma ham turbodizelli aviatsiya dvigatellaridan foydalanadi.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, ANKA dronining eksport narxi 25 million dollardan oshadi. Xususan, 2020 yilda Tunis Mudofaa vazirligi Turkiyadan 80 million dollarga 3 ta ayni shu tipdagi qurollarni sotib olgan. 2023 yilda esa Indoneziya mudofaa vazirligi 300 million dollarga 12 ta ANKA dronlarini sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolagan. Ushbu kelishuv va narxlar – dronlarni foydalanish bo‘yicha harbiylarni o‘qitish, dronlar uchun bir necha komplekt o‘q-dorilar va ularni boshqarish punkti kabi qo‘shimchalarni ham o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabr oyida O‘zbekiston qurolli quchlari oliy bosh qo‘mondoni, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi harbiy qismga tashrif buyurgan hamda unga Turkiyaning BAYRAKTAR TB2 razvedka-zarba droni parvozi namoyish etilgandi.
2024 yil 6 iyunda Shavkat Mirziyoyev Anqaraga tashrifi davomida Turkiya aerokosmik kompaniyasida bo‘lib, turklarning eng yangi Kaan qiruvchi samolyoti taqdimoti bilan tanishgan.
Shuningdek, davlat rahbari 2024 yil 26 iyun kuni Toshkentda Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan hamda harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida gaplashgan edi.
Bundan tashqari, 2024 yil dekabr oyida Oliy Majlis Senati qo‘mita majlisida ma’ruza qilgan O‘zbekiston Mudofaa vaziri general mayor Shuhrat Xolmuhamedov armiya mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor zamonaviy janglarda yangi qo‘llanayotgan uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llashga, ularga qarshi kurashish va boshqaruv mahoratini oshirishga, yangi taktik harakatlar o‘zlashtirilishiga qaratilganini aytib o‘tgan edi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafotlar keltirdi
Jahon | 14:22
-
Trampni qo‘llagan badavlat amerikaliklar ham endi undan darg‘azab
Jahon | 14:11
-
Yaponiya O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishni rejalashtiryapti
Iqtisodiyot | 14:08
-
G‘azoda istehkomlar qurayotgan Isroil, Ukrainada yangi hududlarga hujum boshlagan Rossiya va Xitoyga 125 foizli boj joriy etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

18:19 / 09.04.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma egalari orasida yetakchilar qatorida

17:01 / 08.04.2025
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi

14:50 / 07.04.2025
Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettiradi

14:15 / 07.04.2025