Sport | 11:32 / 12.10.2025
15444
15 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya Isroilni ayamadi, Ronaldu penaltidan gol urolmadi. Kun o‘yinlari

Turkiya safarda 6 ta gol urdi, Italiya yana mundialdan qolib ketishi mumkin. JCh-2026 saralashi doirasida Yevropada shanba oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.

I guruhi

Holand – gol mashinasi

Norvegiya – Isroil 5:0
Gollar:
Xalaili, 18 – avtvgol (1:0). Holand, 27 (2:0). Naxmias, 28 – avtogol (3:0). Holand, 63 (4:0). Holand, 72 (5:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Xolann, 6’
Norvegiya: Nyulann, Ayyer, Heggem, Volfe (Berkan, 76), Ryuerson, Berge, Berg (Osgor, 76), Bobb (Dennum, 76), Nusa (Shelderup, 85), Serlot (Larsen, 76), Holand
Isroil: D. Perets, Naxmias (Baltaksa, 31), E. Perets, Blorian, Revivo, Dasa (Mizrahiy, 71), Gluh (Turgeman, 87), Abu Fani (Noy, 46), Solomon, Biton (Baribo, 71), Halaili
Ogohlantirish: Turgeman, 89

Oslodagi o‘yinda, kutilganidek, tribunalarda Falastinning ham ko‘plab bayroqlari ko‘tarildi. O‘yinning o‘zi esa Holand penaltini aniq ijro eta olmasligi bilan boshlandi, holbuki unda ikkita urinish bo‘lgandi (birinchi urinishda darvozabon o‘rnidan vaqtliroq qimirlab qo‘ygani uchun). U to‘pni turli burchaklarga yo‘naltirganiga qaramay, Daniel Perets uning ikki zarbasini ham qaytardi. 18-daqiqada esa isroilliklar yarimhimoyachisi Xalaili o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Erlingning o‘zi birinchi bo‘lim o‘rtalarida baribir o‘z golini urdi va terma jamoadagi golli seriyasini to‘qqiz o‘yinga yetkazdi. Bir daqiqa o‘tib endi isroilliklar himoyachisi Holandning bosimi ostida harakatlanib, darvozabondan qaytgan to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi. U oqshomning eng omadsiz futbolchisiga aylandi va bir necha daqiqa o‘tib jarohat tufayli maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limda Erling yana ikki gol urdi va milliy jamoa safidagi 46-o‘yinida gollari sonini 51 taga yetkazib qo‘ydi. Shundan 13 tasi hozirgi saralash sikliga to‘g‘ri keladi u olti o‘yinda shuncha gol urishga ulgurdi. Norvegiya esa olti o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. Endilikda Stol Solbakken shogirdlari o‘zi uchun kamida pley-off masalasini hal qildi, Isroil uchun esa keyingi turda Italiyaga qarshi o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Estoniya – Italiya 1:3
Gollar:
Kin, 5 (0:1). Retegi, 38 (0:2). Espozito, 74 (0:3). Sappinen, 76 (1:3)
Aniq ijro etilmagan penalti: Retegi, 30’
Estoniya: Xeyn, Kuusk (Mets, 62), Paskochi, Saliste (Shenning-Larsen, 46), Peetson, Sheyn (Mustmaa, 83), Palumets (Sinyavskiy, 46), Soomets, Saarma, Kyayt, Tamm (Sappinen, 62)
Italiya: Donnarumma, Bastoni, Kalafiori, Di Lorenso, Tonali, Barella (Kristante, 78), Dimarko, Orsolini (Spinatssola, 62), Kin (Espozito, 15), Raspadori (Kambiyaso, 62), Retegi (Frattezi, 78)
Ogohlantirishlar: Kuusk, 29. Palumets, 41. Peetson, 59. Sinyavskiy, 87 – Barella, 12. Bastoni, 72. Kambiyaso, 84

Italiya uchun Tallindagi o‘yin omadli boshlangandi. Ammo tezkor gol urgan Moyze Kin (u jahon chempionatiga saralash bosqichida qatorasiga to‘rt o‘yinda gol urib, Luidji Riva, Roberto Bettegi va Filippo Indzagining natijasini takrorlagandi) 15-daqiqadayoq jarohat tufayli maydonni tark etdi.

Shu bilan birga, uning o‘rniga tushgan Pio Espozito ikkinchi bo‘limda terma jamoadagi ilk golini urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Ungacha esa jamoaning yana bir hujumchisi Retegi ham mezbonlar darvozasini ishg‘ol etgandi, unda shu kuni dubl bo‘lishi mumkin edi, ammo penaltidan foydalana olmadi. O‘yin oxirlarida Donnarumma qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni mezbonlar hujumchisi Sappinenning oyoqlariga tashlab berdi va «Skuadra adzurra» yirik hisobni saqlab qola olmadi. Lekin bu g‘alaba Jyennaro Gattuzo shogirdlarining vaziyatini yaxshilay olmaydi.

Katta ehtimol bilan, guruhda norveglar birinchi o‘rinni egallaydi, saralash bosqichi yakuniga ikki tur qolganida Norvegiya va Italiya orasidagi farq olti ochkoni tashkil etmoqda. Norvegiya keyingi turda o‘z uyida Estoniyani mag‘lub etish orqali amalda mundial yo‘llanmasini nishonlashi mumkin, vaziyatni o‘zgartirish uchun Italiya qolgan uch o‘yinida ham g‘alaba qozonishi va oxirgi turda to‘plar nisbatini yaxshilash uchun Norvegiyani (ayni vaqtda skandinavlarda +26, italyanlarda +7) o‘ta yirik hisobda mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.

Amalda Italiyaning guruhdagi raqobatchisi Norvegiya emas, balki Isroildir. Italiya ikkinchi o‘rin bilan pley-offga o‘tgan taqdirda ham oson bo‘lmaydi, yo‘llanmaga ega chiqish uchun ikkita o‘yin o‘tkazish kerak bo‘ladi va bu bosqichda Chexiya, Slovakiya, Turkiya, Serbiya, Ukraina kabi kuchli raqiblardan ikkitasiga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri keladi.

14 oktyabr. Estoniya – Moldava, Italiya – Isroil.
13 noyabr. Norvegiya – Estoniya, Moldava – Italiya.
16 noyabr. Isroil – Moldaviya, Italiya – Norvegiya.

E guruhi

Oyyarsabalda yubiley gol

Ispaniya – Gurjiston 2:0
Gollar:
Pino, 24 (1:0). Oyyarsabal, 64 (2:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Torres, 30’
Ispaniya: Simon, Le Norman, Kubarsi, Kukurelya, Porro (Liorente, 75), Subimendi (Garsiya, 81), Pedri (Barrios, 75), Merino, Pino (Baena, 65), Torres, Oyyarsabal (Iglesias, 65)
Gurjiston: Mamardashvili, Kashiya, Goglichidze, Gocholeishvili, Kakabadze (Azarov, 80), Mekvabishvili (Mamuchashvili, 86), Kochorashvili, Kiteishvili (Davitashvili, 69), Kvaratsxeliya (Gagnidze, 69), Dvali, Mikautadze (Kvernadze, 69)
Ogohlantirish: Porro, 11

Ispaniya bu o‘yinda Yamal boshliq qator yetakchi futbolchilarini tushira olmadi, Gurjistonda esa optimal tarkibni tushirish imkoni bor edi, Kvaratsxeliya jarohatidan tuzalishga ulgurgandi. Ammo shunday holatda ham mehmonlar o‘yinni asosan himoyalanish bilan o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi va jamoada eng ko‘p ishni Mamardashvili bajardi – u darvoza sohasiga to‘g‘ri yo‘llangan beshta zarbani qaytardi. «Valensiya»dagi faoliyati davomida ispan futbolchilar bilan yaxshi tanish bo‘lgani unga qo‘l keldi deyish ham mumkin, u Oyyarsabal bilan yakkama-yakka vaziyatda ustun keldi, shuningdek Ferran Torresning penaltisini qaytardi. Ammo Pedrining ajoyib uzatmasi va Le Norman darvozabon hududida turgan Yyeremi Pinoga to‘pni qulay qilib tashlab berishidan keyin ojiz qoldi.

«Qizil furiya» hujumkorlikni davom ettirdi, lekin hadeganda ikkinchi golni ura olmadi. Masalan, Torres bo‘sh burchakni aniq nishonga ololmadi, Pedro Porro va Oyyarsabal esa bir hujumning o‘zida ikki bor ustun va to‘sinni nishonga olishdi. «Real Sosedad»forvardi bir necha vaziyatda qulay vaziyatni yo‘qqa chiqarib, boshini ushlab qoldi, ammo u yakunda baribir maydonni golsiz tark etmaydigan bo‘ldi. 64-daqiqada u jarima zarbasidan to‘pni to‘sin ostiga mixladi. Oyyarsabal terma jamoada 2025 yil boshidan buyon urgan gollari sonini 10 taga yetkazdi va bu borada faqat Holanddan ortda (15). Ispaniya guruhning yakkapeshqadamiga aylandi, Gurjiston esa Turkiya bilan ikkinchi o‘rin uchun kurash olib boradi.

Bolgariya – Turkiya 1:6
Gollar:
Arda Guler, 11 (0:1). Kirilov, 13 (1:1). Popov, 49 – avtogol (1:2). Kenan Yildiz, 51 (1:3). Kenan Yildiz, 56 (1:4). Zeki Chelik, 65 (1:5). Irfan Qahvachi, 90+3 (1:6)
Bolgariya: Mitov, Bojinov, Xristov, Petrov, Popov (Dimitrov, 64), Stoyanov, Krayev, Chochev (Krastev, 73), M. Petkov (Turitsov, 64), Kirilov (L. Petkov, 73), Despodov (Minchev, 64)
Turkiya: Ugurjan Chaqir, Merix Demiral (Oqoydin, 83), Abdulkarim Bardakchi, Ferdi Kadio‘g‘li, Zeki Chelik, O‘rxun Go‘kchi, Hoqon Chalxono‘g‘li (O‘zjan, 64), Arda Guler (Uzun, 69), Kenan Yildiz (Irfan Qahvachi, 64), O‘g‘iz Oydin, Karim Oqturko‘g‘liu (Gul, 83)
Ogohlantirishlar: Bojinov, 43. Kirilov, 44 – O‘g‘iz Oydin, 88

Bolgariyadagi o‘yinning birinchi bo‘limida Turkiya to‘pga egalik qilish bo‘yicha 79 foiz ustunlikka ega bo‘ldi, ammo jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limda esa barchasi joy joyiga tushdi: turkiyalik vunderkindliklar barchasini hal qilishdi. Guler 1+2 qayd etdi, Yildiz dublni rasmiylashtirdi. Yana bir vaziyatda bolgariyalik Viktor Popov o‘z darvozasini ishg‘ol etib, raqibning ustunligini mustahkamladi. Yakunda turklar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va birinchi o‘rin uchun kurashda qoldi.

14 oktyabr. Turkiya – Gurjiston, Ispaniya – Bolgariya.
15 noyabr. Gurjiston – Ispaniya, Turkiya – Bolgariya.
18 noyabr. Bolgariya – Gurjiston, Ispaniya – Turkiya.

F guruhi

Qahramonlikdan dramagacha

Portugaliya – Irlandiya 1:0
Gol:
Ruben Nevesh, 90+1 (1:0)
Aniq ijro etilmagan penalti: Krishtianu Ronaldu, 75’
Portugaliya: Koshta, Ruben Diash, Gonsalu Inasiu (Veyga, 46), Nunu Mendesh, Dalot (Semedu, 62), Ruben Nevesh, Vitinya (Trinkau, 62), Brunu Fernandesh (Ramush, 86), Pedru Netu (Leau, 62), Bernardu Silva, Krishtianu Ronaldu
Irlandiya: Kelleher, Kollinz, O`Shi, O`Brayyen, Kallen, Molumbi, Menning, Koulman (Igan, 86), Ogbene (Smollboun, 77), Ebosele (Jonston, 64), Fergyuson (Perrott, 77)
Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh, 68. Bernardu Silva, 90 – Ebosele, 18. Kelleher, 71. Molumbi, 76. Menning, 84. Kallen, 87

Tabiiyki, shanba oqshomida Krishtianu Ronaldudan navbatdagi rekord kutilgandi – u jahon chempionatlari saralash bosqichlaridagi 40-golini urishi mumkin edi. Ammo uning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasidan keyin to‘p ustunga tegdi, qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Bernardu Silvaning esa yaqin masofadan turib to‘pni bo‘sh burchakka kiritib yubora olmadi.

Va bu hali hammasi emasdi. Ronaldu ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida jarima maydoni markazida turib yaxshi zarba berolmadi, keyin esa penaltidan ham gol urolmadi. O'Shi jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganidan keyin arbitr nuqtani ko‘rsatganida, «Joze Alvalade» o‘yingohiga yig‘ilganlar tarixiy golga tayyorlanib, hayqirishdi. Ammo so‘nggi haftalarda Mbappe va Brunu Fernandesh ijrosidagi 11 metrlik jarima zarbalarini ham bartaraf etgan Kelleher bu safar Krishtianuning markazga yo‘llagan zarbasini oyoqlari bilan to‘sib qoldi.

Shuning o‘zi ham o‘ziga xos yubileyga aylandi – Krish terma jamoa o‘yinlarida o‘ninchi bor penaltidan foydalana olmadi. Kelleher esa o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda antiqahramonga aylandi, u Trinkauning uzatmasiga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Ruben Nevesh bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi. Portugaliya uch uchrashuvda uch g‘alabaga erishgan holda guruh peshqadamligini davom ettirdi, Irlandiya esa guruhning so‘nggi o‘rnida qolmoqda va keyingi turda Armaniston bilan o‘yinda britanlarga g‘alaba suv va havodek zarur bo‘ladi.

Vengriya – Armaniston 2:0
Gollar:
Lukach, 56 (1:0). Gruber, 90+4 (2:0)
Vengriya: B. Tot, Salai, Orban, Kerkez (Dardai, 90), Nego, Shefer, Stayls (Oshvat, 75), A. Tot (Nad, 63), Soboslai, Bolla (Vitalish, 75), Lukach (Gruber, 63)
Armaniston: Avagyan, S. Muradyan, Arutyunyan (Miranyan, 86), Piloyan, Oganesyan, Ivu (K. Muradyan, 79), Spersyan, Bichaxchyan (Shagoyan, 59), Tiknizyan, Barsegyan (Ranos, 79), Selarrayyan (Serobyan, 59)
Ogohlantirish: Arutyunyan, 14

Yegishe Melikyan irlandlarga qarshi o‘yinda ish bergan sxemani takrorladi — futbolchilar yana 3-4-3 bo‘yicha joylashdi. Ammo bu safar g‘alaba qozonishning imkoni bo‘lmadi: Bolla raqib himoya chizig‘ini bitta pas bilan kesib o‘tdi va Lukachni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Armanistonda o‘yin oxirigacha hisobni mag‘lubiyatdan qutulish uchun imkoniyat saqlanib qoldi, ammo qo‘shimcha daqiqalarda qarshi hujumdan ikkinchi golni o‘tkazib yubordi. Endi armanlar keyingi turda Irlandiyada ham yutqazadigan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin uchun kurashni ham tark etishi mumkin.

14 oktyabr. Irlandiya – Armaniston, Portugaliya – Vengriya.
13 noyabr. Armaniston – Vengriya, Irlandiya – Portugaliya.
16 noyabr. Vengriya – Irlandiya, Portugaliya – Armaniston.

K guruhi

Serblar yana hafsalani pir qildi

Serbiya – Albaniya 0:1
Gol:
Manay, 45+1 (0:1)
Serbiya: Petrovich, Velkovich, Pavlovich, Milosavlevich, Maksimovich (Jukich, 74), Stankovich (Ilich, 84), Kostich, Jivkovich (Yovich, 63), Samarjich (Kostov, 74), A. Mitrovich (S. Mitrovich, 63), Vlahovich
Albaniya: Strakosha, Ayyeti, Jimsiti, Mitay, Hyusay, Aslani, Shexu, Lyachi (Bayrami, 78), Uzuni (Mixay, 90+3), Broyya (Xo‘ja, 63), Manay (Daku, 78)
Ogohlantirishlar: Velkovich, 85. Yovich, 90 – Shexu, 42. Manay, 45. Mitay, 90

Serblarni bu saralash bosqichida umuman tushunib bo‘lmayapti: jamoa o‘z uyida g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin edi, ammo albanlarga yutqazdi. G‘alaba goli birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Rey Manay tomonidan urildi, mezbonlar hujum chizig‘idagi Vlahovich, Mitrovich, Samarjich va boshqalar esa hech narsa o‘ylab topa olishmadi. Endi jamoa ikkinchi o‘rindagi Albaniyadan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda. Bu safar jahon chempionati serblarsiz o‘tadigan ko‘rinmoqda. Azaliy raqibga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa bosh murabbiyi Dragan Stoykovich iste’fo berdi.

Latviya – Andorra 2:2
Gollar:
San Nikolas, 33 (0:1). Zelenkov, 41 (1:1). Gutkovskiy, 55 – penalti (2:1). Olivera, 78 (2:2)
Latviya: Zviyedris, Balodis, Chernomordiy, Yurkovskis (Veyps, 46), Tsiganik, Savalniyeks (Dashkevich, 87), Savelev (Ikauniyeks, 46), Varslavans, Zelenkov (Pulis, 87), Gutkovskiy, Shits (Vapne, 46)
Andorra: Alvares, Llovera, Garsiya, San Nikolas, Olivera, Vales (Teysheyra, 69), Gilen, Servos, Borra (Fernandes, 75), Rosas (Lopes, 69), Rodrigo (Gomes, 87)
Ogohlantirishlar: Savalniyeks, 68 – Gilen, 25. Garsiya, 84
Chetlatish: Gilen, 90 (ikkinchi sariq kartochka)

Andorra JCh saralash bosqichlaridagi ilk ochkosini ishlab oldi. Qolaversa futbol karliklari qatoridagi bu jamoa ikki yil ichida ilk golini urdi. Bir o‘yinning o‘zida ikki marta. Latviyaliklarning omadi kelmadi: ular hamon ikkinchi o‘rin uchun kurashayotgandi, ammo bu o‘yin natijasidan keyin vazifa maksimal darajada og‘irlashdi.

14 oktyabr. Andorra – Serbiya, Latviya – Angliya.
13 noyabr. Andorra – Albaniya, Angliya – Serbiya.
16 noyabr. Albaniya – Angliya, Serbiya – Latviya.

Mavzuga oid