Angliya: «Siti» «Arsenal»ni quvişda davom etmoqda

«Kristal Pelas» – «Mançester Siti» 0:3
Gollar: Holand, 41 (0:1). Foden, 69 (0:2). Holand, 88 – penalti (0:3)
«Kristal Pelas»: Henderson, Lakrua, Gehi, Riçards, Kamada (Hyuz, 67), Uorton, Mitçell, Klayn (Uçe, 77), Sarr, Pino, Mateta (Nketia, 63)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Gvardiol, ÖRayli (Ait Nuri, 90), Mateus Nunes, Gonsales, Reynders (Savio, 85), Bernardu Silva (Lyuis, 90), Şerki, Foden, Holand (Marmuş, 90)
Ogohlantirişlar: Kamada, 62. Henderson, 88

Dekabrdagi uçta öyinda ham ğalabaga erişgan «Kristal Pelas» Kuçli törtlikka kirib olgandi. Bu jamoa töpni raqibga berişdan qörqmaydi va töpga egalik qiliş böyiça 40 foizdan ham past natija qayd etganiga qaramay, ğalaba qozonib kelayotgandi. «Burgutlar» taktikasi bu safar ham iş berişi mumkin edi, çunki jamoa himoya çiziği kuçli, har bir qarşi hujum esa xavfli köriniş oladi. Birinçi bölim davomida şunday epizodlardan birida Yyeremi Pinoning zarbasi tösinga tegdi, keyinroq Donnarumma Mateta bilan duelda ustun keldi.

Bölim yakunlanişi arafasida esa «Mançester Siti» baribir mezbonlar himoya çiziğini buza oldi va Holand Mateus Nunesning qanotdan uzatmasini boş bilan darvoza töriga töğrilab yubordi. Norvegiyalik hujumçi «öyinlar sonidan köp gol» grafigini davom ettirmoqda (16 turda 17 gol). Ikkinçi bölim örtalarida esa mezbonlar boşiga omadsizlik yoğildi. Avvaliga Kamada jarohat oldi. Keyin esa Foden Şerkining uzatmasidan keyin qatorasiga törtinçi turda darvozani işğol etdi. Öyin oxirida Savinio penalti işladi va Holand navbatdagi golini nişonladi. Bir kun oldingi öyinlardan keyin «Çelsi»ni oldinga ötkazib yuborgan «Pelas» kuçli törtlikka qayta olmadi, Xosep Gvardiola jamoasi esa «Arsenal» bilan oradagi ikki oçkolik farqni saqlab qoldi.

«Vest Hem» – «Aston Villa» 2:3
Gollar: Fernandeş, 1 (1:0). Mavropanos, 9 – avtogol (1:1). Bouen, 24 (2:1). Rodjyers, 50 (2:2). Rodjyers, 79 (2:3)
«Vest Hem»: Areola, Mavropanos, Todibo, Diuf, Van-Bissaka, Pots (Souçek, 88), Fernandeş, Magassa (Uilson, 81), Lukas Paketa (Rodriges, 89), Sammervill (Kante, 89), Bouen
«Aston Villa»: Bizot, Lindelyof, Konsa, Matsen (Din, 75), Keş, Onana (Malen, 64), Kamara, Tilemans, Rodjyers, Makginn, Uotkins (Buendiya, 75)
Ogohlantirişlar: Diuf, 90 – Kamara, 38. Keş, 42

Şanba kuni Ekitike Angliya çempionatining joriy mavsumidagi eng tezkor golini (46-soniya) urgandi, bir kun ötib esa Mateuş Fernandeş «Liverpul» forvardining natijasini yaxşiladi. Portugaliyalik futbolçiga töpni Bizotning yaqin burçagiga yönaltiriş uçun öyin boşlanganidan boşlab 29 soniya ötişi yetarli böldi. «Aston Villa» tezda javob qaytardi – Makginning uzatmasidan keyin Uotkins boş bilan zarba yölladi, töp «Vest Hem» himoyaçisi Mavropanos orqali darvoza töriga borib tuşdi.

Ammo «bolğaçilar» navbatdagi vaziyatidan ham foydalandi va yana hisobda oldinga çiqib oldi, Potsning zarbasi yölida turib qolgan Bouen uni darvozaga töğrilab yubordi. Uşbu yarimhimoyaçi endi klubning APLdagi eng sermahsul futbolçilari qatorida Antoniodan keyingi ikkinçi öringa (61+39) çiqib oldi. Ammo uning goli durang uçun ham yetarli bölmadi, ikkinçi bölim boşida Rodjyers Tilemansning uzatmasidan hisobni tenglaştirdi. Uşbu futbolçining özi öyin oxirlariga borirb jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan öyin taqdirini hal qildi. Endi Unai Emeri şogirdlari «Arsenal»dan atigi uç oçkolik farq bilan uçinçi örinda bormoqda.

«Sanderlend» – «Nyukasl Yunayted» 1:0
Gol: Voltemade, 46 – avtogol (1:0)
«Sanderlend»: Rufs, Ballard, Alderete, Mandava, Mukiyele, Sadiki, Jaka, Le Fe, Talbi (Mandl, 83), Traore (Hyum, 71), Brobbi (Izidor, 71)
«Nyukasl Yunayted»: Ramsdeyl, Tşau, Byorn (Şer, 42), Holl, Livramento, Tonali (Uillok, 59), Mayli, Gimarayns, Gordon (Barns, 59), Elanga (Myorfi, 59), Voltemade (Vissa, 75)
Ogohlantirişlar: Brobbi, 27. Mukiyele, 34. Mandava, 58. Le Fe, 86. Izidor, 90 – Tonali, 57. Uillok, 90. Gimarayns, 90. Tşau, 90

Yakşanba oqşomida Angliyadagi eng qadimiy va prinsipial derbilardan biri bölib ötdi. Ma’lum vaqt tanaffusdan keyin APLga qaytgan «qora muşuklar» muxlislari «qarğalar»ga qarşi muhim öyin uçun katta perfomans uyuştirişdi.

Ammo aşaddiy raqiblar örtasidagi öyinning birinçi bölimi statistika nuqtayi nazaridan u qadar tomoşabop bölmadi. Ikki jamoa uçun jami tört zarba va jarima maydoni içida sakkiz bor töpga teginiş – Angliya çempionatining hozirgi mezonlari böyiça minimal körsatkiç hisoblanadi. Ammo bu raqamlar emas, Voltemadening navbatdagi goli yodda qoladi. Nyuans şundaki, «Nyukasl» forvardi töpni öz jamoasi darvozasiga kiritib qöydi.

Bu gol öyinda yagonaligini saqlab qoldi va mezbonlar buni katta tantanaga aylantirişdi – ularning sevimli jamoasi APL dorirasida prinsipial raqibga qarşi 10 öyindan buyon mağlubiyatga uçramayapti (+7=3), tört ğalabadan iborat seriya esa tarixda ilk bor kuzatilmoqda.

Aytiş mumkinki, mezbonlar şu kuni istagança bayram qilişdi va hatto tribunadagi tabloni ham özgartirişdi: unda «Nyukasl» nomi va logotipi berilmadi. Örniga şunçaki «mehmonlar» yozuvi turdi.

Öyindan keyin esa jamoa a’zolari muxlislar sektori fonida suratga tuşişdi.

Bu bilan ötgan yili jamoalarning Angliya kubogida «Nyukasl»ning ğalabasi bilan tugagan öyindan keyin tuşilgan boşqa bir jamoaviy suratga javob qaytarildi.

Ispaniya: Mbappe va Rodrigu Alonsoni qutqardi

«Alaves» – «Real» 1:2
Gollar: Mbappe, 24 (0:1). Visente, 69 (1:1). Rodrigo, 76 (1:2)
«Alaves»: Sivera, Paçeko, Tenalya, Parada (Enrikes, 89), Otto, Blanko, Suares (Gevara, 83), Ibanes (Alenya, 68), Rebbaç (Visente, 68), Kalebe (Martines, 68), Boyye
«Real»: Kurtua, Raul Asensio, Ryudiger, Valdepenyas (Hausen, 79), Valverde, Tşuameni, Bellinghem, Arda Guler (Garsiya, 78), Vinisius Junior (Mastantuono, 89), Rodrigo (Dias, 83), Mbappe
Ogohlantirişlar: Parada, 6. Gevara, 90 – Vinisius Junior, 80

«Real»ning navbatdagi öyini oldidan OAVda yana bir marta Habi Alonsoning ehtimoliy iste’fosi haqidagi xabarlar urçidi. Hatto uning örniga hozirda «Kastilya» jamoasini boşqarayotgan Alvaro Arbeloa nomzodi tilga olindi. Ammo madridliklarga yaqin hisoblangan naşrlar esa özini ança vazmin tutişdi. Bu naşrlarda klubdagilar murabbiyga işonişi va Alonsoning kelajagi qaysidir öyin natijasiga boğliq emasligini yozişdi.

«Real» tarkibidagi muammolardan kelib çiqilsa, natijalarda murabbiyni ayblaş qiyin. Şu kuni himoya çiziğidagi yetişmovçiliklar tufayli klubning 19 yoşli tarbiyalanuvçisi Valdepenyas kattalar futbolidagi debyutini amalga oşirdi. U ham özi uçun odatiy bölgan markaziy himoyada emas, çap qanot himoyasida tuşişiga töğri keldi – Mendi jarohatlangan, Fran Garsiya diskvalifikatsiyaga uçragan.

Şu bilan birga, murabbiyda hujum çiziğida tanlov yetarliça: u bu mavsumda ilk bor Bellinghem, Rodrigo, Vinisius va Mbappedan iborat Karlo Ançelotti davridagi kvartetni startda tuşirdi.

Avvaliga Mbappe bu öyinni ham ötkazib yuborişi borasida xavotirlar mavjud edi, ammo u tuşdi va ilk daqiqalardan mezbonlar darvozasiga xavf sola boşladi. Sakkizinçi daqiqada uning zarbasidan keyin töp tösinga tegdi, bölim örtalarida esa aniq zarba yöllab, hisobni oçdi. Uning jarima maydoni çiziğida turib yöllagan zarbasi töğri burçakka borib tuşdi – bu vaziyatda töp yölini tösişga taşlangan himoyaçilar va darvozabon ilojsiz ahvolda edi.

Mbappe uçun bu joriy yil boşidan buyon klub safida urilgan 56-gol böldi. Fransuz hujumçisi «Real» safida bir yilda urilgan gollar böyiça rekordga yaqinlaşmoqda – Ronaldu 2013 yilda jami 59 gol urişga ulgurgandi. Mbappeda buning uçun yangi yilgaça ikkita öyin imkoniyati bor – Ispaniya kubogi doirasida «Talavera»ga qarşi va la ligada «Sevilya»ga qarşi öyinlar.

«Alaves» esa birinçi bölimning özida hisobni tenglaştirişi mumkin edi, ammo Kurtua bunga imkon bermadi va hatto noyob seyv amalga oşirdi, belgiyalik darvozabon Ibanesning zarbasini boşi bilan qaytardi.

«Alaves»ning darvoza sohasi tomon töğri borgan keyingi zarbasi esa golga aylandi. Ikkinçi bölimda maydonga tuşgan Visente darhol darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va hisobni tenglaştirdi. Bu vaziyatda Ryudiger ofsayd çiziğini uşlaşda xatoga yöl qöygandi.

Avvaliga qanot hakami ofsayd holatini qayd etgandi, ammo vaziyatga VAR aralaşdi va gol inobatga olindi. Şu pallada kameralar öyçan va ğamgin qiyofadagi Habi Alonsoga qaratildi.

Mezbonlarning xursandçiligi uzoqqa çözilmadi. Yetti daqiqa ötib Vinisius dribling işlatib, himoyaçidan qoçib ketdi va töpni darvozabon hududiga oşirdi, töpga yetib kelgan Rodrigo esa darvozani işğol etdi – bu uşbu braziliyalik vingerning la ligada yanvardan buyon ilk golli harakati böldi. Bungaça u qatorasiga 27 öyinda na gol urgan va na golli uzatma amalga oşirgandi.

Bu gol madridliklar uçun ğalaba goliga aylandi va «Real» ustozi yengil tin oladigan böldi. Öyin oxirida mehmonlar penalti işlaşga yaqin edi, ammo arbitr bu vaziyatda Vinisius aktyorlik mahoratini işga solgan deb topildi. «Real» hisobdagi ustunlikni saqlab qoldi va «Barsa» bilan oradagi farqni tört oçkoga qisqartirdi.

Öyin yakunida Alonso Vinisiusni zaxiraga oldi, futbolçi esa murabbiyni quçib qöydi va özaro gina unutilganini namoyiş etdi.