Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda erkaklar ko‘pmi yoki ayollar?
2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklarning soni ayollarga qaraganda 200 ming kishiga yoki 0,7 foizga ko‘proq.

Davlat statistika qo‘mitasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holati bilan O‘zbekiston aholisi orasida erkak soni ayollarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. Umumiy aholi orasida erkaklarning ko‘payishi o‘tgan yildan buyon davom etmoqda.
Statqo‘m hisobotida ta'kidlanishicha, joriy yil boshida O‘zbekiston doimiy aholisi 34,6 million kishini tashkil etdi. Shundan erkaklar soni 17,4 million (50,3 foiz) kishi, ayollar soni 17,2 million (49,7 foiz) kishi ekanligi qayd qilingan.
Avvalroq, O‘zbekistonning demografik holati bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilingandi. Unda 2020 yilda 841,8 ming bola tug‘ilganligi qayd etilgan va bu mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 24,6 promilleni tashkil etganligi ma'lum qilingandi.
Shuningdek, respublikada 2020 yilda qayd etilgan oilaviy ajrimlar haqida ham ma'lumot berilgandi.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, aholining 50,2 foizini erkaklar, 49,8 foizini ayollar tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
Mavzuga oid

13:06 / 09.08.2025
Jismoniy shaxslarga tegishli transportlar soni 4,6 milliontaga yetdi

12:11 / 05.08.2025
O‘zbekistonda aholining ovqatlanish holati baholanmoqda

15:19 / 04.08.2025
Yarim yilda O‘zbekistonga 9,5 ming chet el fuqarosi o‘qish uchun keldi

21:03 / 25.07.2025