Özbekistonda ovqatlaniş sohasida ISCAD (International Strategic Center for Agri-Food Development) taşkiloti tomonidan Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi bilan hamkorlikda keng qamrovli tadqiqot olib borilmoqda. 

Loyihaning maqsadi aholining ovqatlaniş odatlari va ratsionini har tomonlama baholaş, soğliqqa ta’sir qiluvçi bilimlar, xulq-atvor omillari va obektiv tibbiy körsatkiçlarni örganişdan iborat.

Tadqiqot xalqaro KAP Survey (bilim, munosabat va amaliyotlarni baholaş) metodologiyasiga asoslangan bölib, antropometrik ölçovlar, klinik va tibbiy tekşiruvlar, biokimyoviy ma’lumotlarni yiğiş hamda respondentlarning soğliği tarixi böyiça ma’lumotlar töplaşni öz içiga oladi. Hozirgi kungaça mamlakat böylab 13 mingdan ortiq xonadonlar uşbu tadqiqotda iştirok etgan.

Zamonaviy tibbiyot ilmi ovqatlanişni hayot sifati va surunkali yuqumli bölmagan kasalliklarga çidamlilikni belgilovçi asosiy omillardan biri deb tan oladi. Mavjud ma’lumotlarga köra, salomatlikning yomonlaşuvi holatlarining aksariyati turmuş tarzi, xususan, nomutanosib ovqatlaniş va jismoniy faollikning yetişmasligi bilan boğliq. 

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2014 va 2019 yillardagi STEPS tadqiqoti ma’lumotlari tahlili şuni körsatdiki, bu davrda tuz iste’mol qiluvçilar uluşi 15,6 foizdan 36,6 foizga oşgan, tavsiya etilgan miqdorda sabzavot va meva iste’mol qilmaydiganlar uluşi 67,2 foizni taşkil etgan, ortiqça vazn va yuqori qon bosimi bilan yaşovçilar soni ham sezilarli darajada oşgan. Uşbu tendensiyalar soğlom ovqatlaniş modeliga ötiş zarurligini yaqqol körsatmoqda. Notöğri ovqatlaniş organizmda moddalar almaşinuvi buzilişlariga olib kelişi, qon tarkibida şakar va xolesterin miqdorining köpayişi orqali umumiy soğliqqa salbiy ta’sir körsatişi va soğliqni saqlaş tizimiga yukni oşirişi mumkin.

Tadqiqot doirasida quyidagi 5 yönaliş böyiça ma’lumotlar töplanmoqda: aholining ovqatlaniş böyiça bilim va amaliyoti; antropometrik körsatkiçlar (böy, vazn, tana massasi indeksi), biokimyoviy parametrlari (qon tarkibidagi şakar, xolesterin, mikroelementlar), klinik salomatlik holati, şuningdek, individual va oilaviy tibbiy tarix, ijtimoiy va maişiy şaroitlar. Uşbu ma’lumotlar aholining soğlom ovqatlaniş tamoyillari böyiça xabardorlik darajasini, ortiqça vazn va yetarli ovqatlanmaslik holatlarini, ijtimoiy va xulq-atvor omillarining ta’sirini, şuningdek, hududiy xususiyatlarni aniqlaş imkonini beradi.

Töplangan ma’lumotlar asosida milliy darajadagi dasturlar va taşabbuslar işlab çiqiladi. Ular ovqatlaniş sifatini yaxşilaş, kasalliklarning oldini oliş, aholining xabardorligini oşirişga qaratilgan maqsadli axborot kampaniyalarini tayyorlaş va mazkur sohadagi qonunçilikni takomillaştirişga xizmat qiladi. Bunday tadqiqotlar xalqaro amaliyotda jamoat salomatligi sohasidagi yondaşuvlarni şakllantirişda muhim örin egallaydi. Ular ratsiondagi özgarişlarni kuzatiş, ilgari qabul qilingan çoralarni baholaş, yondaşuvlarni takomillaştiriş va barqaror natijalarga erişiş imkonini beradi.