Joriy yilgi qabuldan boşlab maktab bitiruvçilarining oxirgi 6 yillikdagi baholarining örtaça körsatkiçi kiriş imtihonlarida töplagan balliga qöşiladi. Ya’ni bitiruvçining maktabdagi bahosi unga öqişga kirişda yordam beradi.
Tartib qanaqa?
Tegişli nizomga köra, bitiruvçilar bahosining örtaça körsatkiçini hisoblaşda 6 — 11-sinflardagi yillik baholarning umumiy yiğindisi har bir sinfdagi öqitilgan fanlar sonining umumiy yiğindisiga nisbati olinadi.
Ya’ni a’loçi bitiruvçi 86 foizdan yuqori töplagan bölsa, unga kiriş imtihonlarida 5 ball, qoniqarsiz baholarga öqigan abituriyentga esa 3 ball qöşiladi. Ularning ballari örtasidagi farq katta emas.
Har yili 15 iyungaça tarkibida ta’lim muassasalari bor vazirlik va taşkilotlar bitiruvçilarining 6 yillik baholarini tayyorlab, uni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasiga kiritib borişadi. Platformaga kiritib bölingan baholar qat’iy va ularni özgartirib bölmaydi.
Maktab va örta maxsus ta’lim taşkilotlari (kollej, litsey) 15 iyungaça öz bitiruvçilarining baholarini hisoblab, uni elektron platformaga kiritişadi. Tegişli nizomda baholar qanday hisoblanişi formulalari ham mavjud.
Kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uçun taalluqliligi böyiça ta’limni boşqaruvçi hududiy boşqarma boşliqlari şaxsan mas’ul hisoblanadi.
Abituriyent majburiyati
Abituriyent OTMga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötayotgan payti şaxsiy ma’lumotlarini kiritganda uning diplomi yoki şahodatnomasidagi örtaça baholar körsatkiçi paydo böladi.
Abituriyent bu bahoni özining qölidagi diplom yoki şahodatnomadagi baho bilan soliştirib, hammasi töğri bölsa, tasdiqlaş tugmasini bosadi. To tasdiq tugmasi bosilmagunça unga imtihonda qatnaşiş uçun ruxsatnoma berilmaydi.
Bahoda xatolik bölsa-çi?
Agar abituriyentning hujjat topşirayotganda platformada tasdiqlaşi kerak bölgan örtaça bahosi bilan diplom yo şahodatnomasidagi baho farq qilsa, u öziga tegişli hududiy boşqarmaga (masalan, maktabda öqisa, Maktab va maktabgaça ta’lim vazirligining hududiy boşqarmasiga, örta maxsus ta’lim taşkilotida bölsa, ayni şunga aloqador boşqarmaga) murojaat qiladi. Hududiy boşqarmalar bahoni töğrilaydi va abituriyent uni tasdiqlaydi. Abituriyent tasdiqlagaç, uning özi bahosi uçun javobgar böladi.
















