Jahon | 18:21 / 29.07.2025
4682
4 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yuqori harorat tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari – fotosuratlar

O‘rmonlar janubdagi Antalyada ham, shimoli-g‘arbdagi Bursada ham yonmoqda. Aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Fotoda  mahalliy aholi vakillari va o‘t o‘chiruvchilar 2025 yil 27 iyulida Bursa viloyatining Gursu tumani hududidagi yong‘inni o‘chirishga urinishi aks etgan. Yong‘in o‘chog‘i 26 iyul kuni yo‘l yopilgani haqidagi bildirishnomalar bilan gugl-xaritada belgilangan. Foto: Onur Yursever / AFP / Scanpix / LETA

Jazirama harorat fonida Turkiyaning bir necha viloyatlarini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi.

Olov mamlakat janubidagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Antalyaga hamda shimoli-g‘arbda, Istanbul yaqinida joylashgan Bursa shahriga qadar yetib borgan. Antalya gubernatori Xulusi Shahin yong‘inlar «chindan ham xavotirli ekani, chunki shahar markazida, turar joylar orasidagi hududlar yonayotgani»ni aytib o‘tgan. Shaharning ayrim tumanlari aholisi evakuatsiya qilingan.

25 iyul kuni meteorologlar Turkiya janubi-sharqidagi Shirnoq viloyati hududida Tselsiy bo‘yicha 50,5 daraja haroratni qayd etishgan – bu mamlakat uchun tarixiy rekord hisoblanadi.

Issiq harorat mamlakat sharqida ham keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqargan. Hududda 1,5 ming kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan. Xabarlarga ko‘ra, yong‘inga kurash vaqtida kamida o‘n nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan. 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in kurort hududlariga yaqinlashmoqda. Meteorologlar Turkiyada 2 avgustgacha issiq va quruq ob-havo saqlanib qolishini prognoz qilmoqda.

Bursadagi o‘rmon yong‘ini. Yoz boshidan buyon Turkiyada 569 ta o‘rmon yong‘ini va 890 ta boshqa yong‘in o‘choqlari qayd etilgan.
Foto: Mustafa Bikec/Anadolu via Getty Images
Qorabukda o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Yong‘in o‘choqlari Aydin, Antalya, Balikesir, Bilejik, Bolu, Izmir, Manisa, Mersin, Sakarya va Chanoqqal’a viloyatlarida qayd etilgan.
Foto: Omer Urer/Anadolu via Getty Images
Foto: Omer Urer/Anadolu via Getty Images
Vazir yong‘inga hosil yig‘ib olingandan keyin g‘alla poyalari qoldiqlarini yoqish, petardalar ishlatilishi va o‘chirilmagan sigaret qoldiqlari sabab bo‘lganini aytdi. Xususan, sigaret tufayli Izmir viloyatining Chashme munitsipalitetidagi o‘rmonzor yonib ketgan. Yong‘in 50 gektarga yaqin maydonga zarar yetkazgan.
Foto: Ismail Aslandag/Anadolu via Getty Images
Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari hozircha kurort hududlariga ta’sir qilmadi, biroq turoperatorlar vaziyatni kuzatib bormoqda va sayyohlarga yordam berishga shay turibdi
Foto: Mustafa Bikec/Anadolu via Getty Images
25 iyul kuni Antalya viloyatida, jumladan, kurort aeroporti yaqinidagi hududlarda, shuningdek, shahar sharqida  Manavgat va G‘oziposho tumanlarida yangi yong‘in o‘choqlari paydo bo‘ldi.

Foto: Ismail Aslandag/Anadolu via Getty Images
Meteorologlar Turkiyada 2 avgustgacha issiq va quruq ob-havo saqlanib turishini prognoz qilmoqda.
Foto: Ismail Aslandag /Anadolu via Getty Images
Foto: Omer Urer/Anadolu via Getty Images

Mavzuga oid