Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
Vale kantoni politsiyasi Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortidagi yong‘in qurbonlaridan yana 16 nafarining shaxsini aniqladi. Eng yoshi kichigi - 14 yoshli shveysariyalik qiz. Halok bo‘lganlar orasida ko‘plab o‘smirlar bor.
Foto: REUTERS
Vale kantoni politsiyasi Shveytsariyaning Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortidagi yong‘in qurbonlaridan yana 16 nafarining shaxsini aniqladi. U yerda taxminan 40 kishi halok bo‘lgan va 119 kishi yaralangan. Qo‘riqlash organlari yakshanba, 4 yanvar kuni yangi aniqlangan shaxslar haqida xabar qildi (shaxsi aniqlanganlar umumiy soni 24 nafarga yetgan).
Shu kuni aniqlanganlar orasida: 10 nafar Shveytsariya fuqarosi, 2 nafar Italiya fuqarosi, 1 nafar Ruminiya fuqarosi, 1 nafar Fransiya fuqarosi, 1 nafar Turkiya fuqarosi bor. Yana bir kishida Italiya fuqaroligi va BAA (Birlashgan Arab Amirliklari) fuqarolik maqomi bo‘lgan.
Shaxsi aniqlanganlar orasida eng yoshi kichigi — 14 yoshli Shveytsariya fuqarosi. Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida 15 yoshli ikki nafar shveysariyalik qiz ham bor. Qurbonlarning o‘n nafari 16–18 yoshli o‘smirlar. 24 va 22 yoshli ikki nafar shveysariyalik ayol, 21 va 18 yoshli ikki nafar shveysariyalik erkak, shuningdek 20 va 31 yoshli ikki nafar shveysariyalik erkak hamda 39 yoshli Fransiya fuqarosining shaxsi aniqlangan, deb Reuters agentligi xabar berdi.
Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni aniqlash ishlari davom etmoqda.
Kran-Montana kurortidagi mashhur Le Constellation barining yerto‘la qismida yong‘in yangi yil kechasida kelib chiqqan va tezda tarqalgan.
Germaniya fuqarolari orasida qurbonlar yoki jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Germaniyaning Berndagi elchixonasi Shveytsariya hokimiyati bilan “yaqin aloqada” ekani bildirilgan.
Jabrlanganlarni tashish uchun 10 ta vertolyot va 40 ta tez yordam mashinasi jalb etilgan, qutqaruv ishlarida 150 nafar shifokor va favqulodda xizmat xodimi qatnashgan. Vale kantonidagi eng yaqin shifoxonaning reanimatsiya bo‘limi to‘lib ketgan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi og‘ir kuyish jarohatlari olgan.
“Quvonchli lahza bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa Kran-Montanada butun mamlakatni va uning tashqarisidagi odamlarni ham larzaga solgan fojiaga aylandi, — deb yozdi Shveytsariya prezidenti Gi Parmelen X ijtimoiy tarmog‘ida. — Federal kengash (Shveytsariya hukumati — tahr.) bu xabar munosabati bilan chuqur qayg‘uda. Uning fikr-u xayoli qurbonlar, jabrlanganlar va ularning oilalari bilan va ularga eng chuqur ta’ziyasini bildiradi”.
Tergov versiyasiga ko‘ra, yong‘inga feyyerverklardan ehtiyotsiz foydalanish sabab bo‘lgan. “Hamma narsa shuni ko‘rsatyaptiki, yong‘in shampan shishalari ustiga o‘rnatilgan, stol ustida qo‘yiladigan fontan-feyyerverklardan boshlangan va ular shiftga juda yaqin joylashtirilgan bo‘lgan”, — dedi 2 yanvar kuni Vale kantoni bosh prokurori Beatris Pillud. Uning aytishicha, feyyerverklar shift qoplamasini alangalatgan va olov xonalar bo‘ylab tez tarqalgan.
AFP agentligi xabar berishicha, Le Constellation bari egalari — fransiyalik er-xotin politsiya tomonidan so‘roq qilingan. Ular ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish gumoni bilan tergov ostida.
Mavzuga oid
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
22:04 / 05.01.2026
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
09:31 / 05.01.2026
“Aviasozlar dehqon bozori” hududidagi do‘konda yong‘in chiqdi
09:19 / 05.01.2026