Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Aviasozlar dehqon bozori” hududidagi do‘konda yong‘in chiqdi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ hududidagi do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
4 yanvar kuni soat 19:19 da “112” tizimi orqali Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Aviasozlar ko‘chasida joylashgan “Aviasozlar dehqon bozori” AJ hududidagi do‘konlarning birida yong‘in yuzaga kelgani haqida FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga muvofiq, 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 19:24 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 19:29 da qurshab olingan va soat 19:34 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida do‘konning taxminan 20 kv.m maydonda ichki qismi va shifti yonib zararlangan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Ayni paytda yong‘in kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 21.02.2026
Uchtepadagi bozor yong‘ini bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi
09:20 / 21.02.2026
Izza qurilish bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:59 / 19.02.2026
Olmazor tumanidagi sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
09:58 / 19.02.2026