Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda aralash to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etiladi
O‘zbekistonning Namangan viloyatida aralash to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktabrda «To‘qimachilik sanoatining xom-ashyo bazasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, loyihaning qiymati 92 million dollarni tashkil etadi. «Namangan sharbati» qo‘shma korxonasi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «O‘zbekengilsanoat» AJ loyiha tashabbusi bilan chiqqan.
Yangi korxona 2018 yilda ishga tushiriladi. Korxona yiliga 10 ming tonna poliefir tolasi, 10 ming tonna poliefir ipi, 20 million metr aralash mato, 7 ming tonna aralash mato va 6 million dona tayyor aralash to‘qimachilik mahsulotini ishlab chiqaradi.
Loyiha «Namangan sharbati» QKning 30 mln. AQSh dollari miqdoridagi o‘z mablag‘lari hisobidan hamda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 62 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston rahbari «Namangan sharbati» qo‘shma korxonasiga bir qator soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.
Mavzuga oid
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026