Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
Xususiy korxona rahbari sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda “F.F.” xususiy korxonasi rahbari Davlatobod tumanidagi dorixonasida hamda “Yangi tong” va “Nurobod” MFY hududlaridagi omborxona va xonadonida umumiy bahosi 680,3 mln so‘mlik sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan hamda yaroqlilik muddati o‘tgan 196 998 dona dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026