Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
Namangan viloyati Pop tumanida fuqarolarga yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ul shaxslari hamda kadastr mutaxassisi tezkor tadbirlarda pul mablag‘larini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holatlar yuzasidan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari hamda kadastr mutaxassisi qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori vazifasini bajaruvchi I.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro B.K.ga o‘rmon xo‘jaligi balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 10 000 AQSh dollari evaziga shartnoma asosida ijaraga berishga kelishgan. U oldindan bo‘nak sifatida 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir holatda, mazkur o‘rmon xo‘jaligida o‘rmonbegi vazifasida ishlovchi M.S. fuqaro S.J.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini 30 000 AQSh dollariga sotishga kelishgani, shu yer maydonida turar-joy va boshqa binolar qurish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishini va’da qilgani aytilmoqda. U oldindan bo‘nak sifatida 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor tadbir davomida o‘rmonbegi M.S. fuqarodan olgan 15 000 AQSh dollari hisobidan 500 AQSh dollarini Kadastrlar palatasining Pop tumani filiali shu’ba mutaxassisi B.M.ga bergan vaqtida ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, materiallar prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026