Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metan-shoxobchadagi gaz hisoblagich kranidan sellofan topildi
Hisoblagich kranining ichki qismi manfiy tomonida tugunga bog‘langan sellofan xaltasi topilgan. Soha vakillari holat bo‘yicha 3,3 mlrd so‘mlik hisob-kitob qilib, hujjatlarni huquq organlariga topshirmoqda.
Foto: "Hududgazta’minot" AJ
“Hududgazta’minot” va “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi faoliyatini o‘rgandi.
“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, “Avazova Sharofat G‘aniyevna” XKga tegishli shoxobchaning gaz hisoblash uskunasini tekshirish davomida GOST 8.586.2005 talablari buzilgani aniqlangan.
Yumaloq kran ichki qismining manfiy tomonida tugunga bog‘langan sellofan xaltasi topilgan.
Natijada, tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilgani munosabati bilan yuridik shaxsga maksimal darajada 3 304 795 m3 tabiiy gaz hajmi bo‘yicha 3 304 795 000 so‘m miqdorida hisob-kitob amalga oshirilgan.
Hozirgi vaqtda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:32 / 14.02.2025
Metan shoxobchalarga gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
08:53 / 14.12.2024
“Gaz issiq o‘lkalarga uchib ketdi” - metanga navbat kutayotganlar
19:53 / 12.12.2024