Özbekistonda 9-12 fevral kunlari metan şoxobçalarga gaz uzatiş qisqartirilgan. Bu haqda Özenergoinspeksiya ma’lum qildi.

Inspeksiyaning 12 fevral kungi axborotida aytilişiça, “havo keskin sovib ketgan davrlarda” tabiiy gaz birinçi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkaziladi, gaz quvurlari va qurilmalaridagi bosim me’yor darajasiga kötarilganidan sönggina bosqiçma-bosqiç AGTKŞlarga ham töliq yetkazib berilişi belgilangan.

“Joriy yilning 9-12 fevral kunlari respublikaning barça hududlarida taşqi havo haroratining keskin sovib ketişi natijasida tabiiy gazga ehtiyoj ortganligi sababli mahalliy hokimliklar tomonidan kiritilgan grafiklarga asosan AGTKŞlarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinçalik qisqartirilgan”, – deyiladi Energoinspeksiya xabarida.

Eslatib ötamiz, 10 fevral kuni “Buxoro–Ural” magistral gaz quvurining Buxoro viloyatidan ötgan qismida yoriliş kuzatilib, yonğin çiqqan edi.

Energetika vazirligi şu kuni yonğin töliq öçirilganini ma’lum qildi. “Tabiiy gaz zaxira gaz quvuri orqali heç bir uzilişsiz ötkazilyapti va uning iste’molçilarga yetkazilişi ştat rejimida davom etmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

“Öztransgaz” yuzaga kelgan nosozlikni ta’mirlaş işlari olib borilayotganini xabar qilgan. Ta’mirlaş işlari yakunlangani yoki qaçon yakunlanişi haqida hozirça xabar berilmadi.