«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» majmuasida «Tafsiri Irfon» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Bugun, 3 oktabr kuni Toshkent shahrida joylashgan «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning «Tafsiri Irfon» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bir qator din ulamolari va din peshvolari so‘zga chiqishdi. Qur'oni karimni tarjima qilish, uning oyatlarini izohlash va musulmonlarga aslicha yetkazish sharafli va mas'uliyatli kasb ekani aytib o‘tildi.
Tadbirda qatnashgan Shayx Abdulaziz Mansur muftiy Usmonxon Alimovning xalqimizning Qur'oni karimga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash yo‘lida qilayotgan ishlarini ijobiy baholadi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov esa muqaddas kitob nima haqida ekanini bilmaganlar noto‘g‘ri diniy oqimlarga qo‘shilib qolishi mumkinligi, ushbu kitob esa dinni chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan insonlarga yaxshi manba bo‘lishi mumkinligini ta'kidladi.
«Tafsiri Irfon» kitobi haqida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, yuridik fanlari doktori, akademik Akmal Saidov ham fikr bildirib, bu kitob hozirgi kungi ko‘rinishga kelishida bir qancha olim-u ulamolar mulohazalari ham inobatga olinganini qo‘shimcha qildi.
Tadbirda shuningdek, Toshkent shahridagi «Hazrati Ali» jome masjidi imom-xatibi, taniqli ulamo Salohiddin domla Sharipov, mutasavvif olim, shoir Mirzo Kenjabek, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov ham kitob xususida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

19:21 / 16.08.2021
Ishtixonda muftiy Usmonxon Alimovning janoza namozi o‘qildi

14:11 / 16.08.2021
Prezident muftiy oilasiga ta'ziya bildirdi

20:29 / 15.08.2021
Prezident Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

11:51 / 15.08.2021