Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston armiyasi harbiy salohiyat bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston yangilangan Global Firepower Index – 2021 reytingida dunyoda 51-o‘rin, Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinni egalladi.
Reytingga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston armiyasi harbiy salohiyat bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston - 61, Afg‘oniston - 75, Turkmaniston -86, Qirg‘iziston - 93, Tojikiston - 99-o‘rindan joy oldi.
2021 yilda harbiy qudrati bo‘yicha O‘zbekiston bilan solishtirish mumkin bo‘lgan mamlakatlar orasida Belarus, Marokash va Portugaliya bor.
Sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egallab, faqat Rossiya (2-o‘rin) va Ukraina (25-o‘rin) armiyalaridan ortda qoldi. Harbiy qudrat bo‘yicha deyarli bir xil darajada bo‘lgan Belarus 50-o‘rinni egalladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda yirik kalibrli pulemyot bilan jihozlangan va masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarilgandi.
Mavzuga oid
11:20 / 20.01.2026
“Tajovuzning mafkuraviy boshlanishi” - ekspertlar Duginning chiqishi haqida
07:44 / 19.01.2026
Reyting: dunyodagi eng qudratli 50 ta armiya
20:02 / 18.01.2026
Yana bir propagandachi Markaziy Osiyo mamlakatlari suverenitetiga qarshi chiqdi
15:08 / 14.01.2026