Markaziy Osiyoga bosqin uyuştirişni taklif qilgan rossiyalik propagandaçi nega persona-non-grata deb e’lon qilinmayapti? Özi umuman nega mintaqa mamlakatlari davlat darajasida bunga haligaça munosabat bildirmadi? Kun.uz şu kabi savollar bilan jonli efirda deputat Bobur Bekmurodov va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga murojaat qildi.

Rossiyalik propagandaçi Vladimir Solovyov Markaziy Osiyoda ham “maxsus harbiy amaliyot boşlaş kerakligini aytgani mintaqa jamiyatlarida keskin norozilik uyğotdi. Lekin bu norozilik, Solovyov tilga olgan Armanistondan farqli ravişda, Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori idoralari tomonidan hozirça bildirilgani yöq.

Xususan, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Solovyovni “nomaqbul şaxs” deb e’lon qilib, uning Özbekistonga kirişini taqiqlaşga şoşilmayotgandek.

Kun.uz muxbiri bu haqdagi savol bilan Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov va siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga yuzlandi.

“1-2 kun içida [TIV] reaksiya qilmayapti deyişimiz vaqtliroq bölişi mumkin, kuzataylik. Albatta, Solovyov Özbekistonda nomaqbul şaxs böliş uçun hamma asoslarni yaratgan. U tayyor nomzod, eng birinçi nomzod. Albatta, bu qonun işlaşi kerak va nomaqbul şaxs sifatida e’tirof etilişi kerak”, – dedi Bekmurodov 14 yanvar kuni Kun.uz studiyasidagi suhbatda.

Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga köra, ehtimoliy xurujlarga qarşi Markaziy Osiyoning birligi alohida ahamiyatga ega.

“Markaziy Osiyo davlatlari örtasida koordinatsiya böladigan bölsa, Rossiyaning qölidan heç narsa kelmaydi. Rossiya şundoq ham hozir yangi maxsus harbiy amaliyot uçun heç qanday resursga ega emas. Beşta davlatning pozitsiyasi yakdil bölsa, Rossiya buni inobatga olişga majbur böladi. Haqiqatda ham hozir mintaqamizda geosiyosiy parokandalik yöq, bu – unikal narsa va bundan maksimal foydalaniş kerak”, – dedi u.

“Özbekiston aholisi orasida Rossiyaga xayrixoh qatlam qisqaryapti”

Bobur Bekmurodovning ta’kidlaşiça, strategik şerik va ittifoqçi davlatlar örtasida rasmiy telekanallar orqali bir-biriga nisbatan bunday bayonotlarning yangraşi mutlaqo nomaqbul holatdir.