Qayd etilishicha, masofadan boshqariladigan jangovar modul Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalardan birida ishlab chiqarildi.

Soha mutaxassislari tomonidan mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlari ishlab chiqilgani aytiladi.

Ma'lum qilinishicha, ular asosida yirik kalibrli pulemyot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqildi.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, modul shu kunlarda zavod sinovlaridan o‘tkazilmoqda.