Yagona nusxadagi soatlar sotiladigan xayriya auksionidan fotojamlanma

Jyenevada dunyoning soatlar sotiladigan bosh xayriya auksioni Only Watch bo‘lib o‘tdi. Auktsion tashkilotchilari auksionga qo‘yilgan 52 ta soat uchun jami 10,7 mln shveysar frankini (deyarli 11 mln dollar) qo‘lga kiritishdi. Auktsionda sotilgan eng qimmat soat Patek Philippe Reference 5208T-010 bo‘ldi, u dastlabki narxidan 6 barobar qimmatroqqa – 6,2 mln frankka sotildi. Ushbu lot soatning o‘zidan tashqari, Patek Philippe soatsozlik ustaxonasi va muzeyiga tashrifni o‘z ichiga olgan.

Mustaqil soatsoz Fransua-Pol Jurnning F.P.Journe Chronographe Monopoussoir Rattrapante xronografi 1,15 mln frankka sotildi. Bu mustaqil soatsozlar uchun rekord qiymat hamda bunday ustalarning soati million frankdan ko‘proqqa sotilgan birinchi hol bo‘ldi. Soatning dastlabki narxi 200-400 ming frank qilib belgilangandi.

Audemars Piguet Royal Oak Perpetual Calendar Only Watch 2017 soati esa dastlabki narxidan 10 marta qimmatroqqa - 800 ming frankka sotildi.

Dastlabki narxidan eng qimmat sotilgan soat ketma-ket ikkinchi marta Tudor soati bo‘ldi. Avvalgi auksionda ushbu markaning soati 375 ming frankka – dastlabki narxidan 100 marta qimmatroqqa sotilgandi. Joriy yilda ham The Black Bay Bronze soatining chapaqaylar uchun mo‘ljallangan varianti 3500 frank qilib belgilangan dastlabki narxidan 100 marta qimmatroqqa – 350 ming frankka sotildi.

Bu yil auksionda rossiyalik soatsozlar yaratgan soatlar birinchi bor taqdim qilindi. Konstantin Chaykinning “Joker” deb nomlangan soati kutilgandan uch marta qimmatroqqa – 45 ming frankka sotilgan.

Horological Machine N°8 ot MB&F soati 210 000 frankka sotib olindi.

Hublot Big Bang Unico Sapphire Usain Bolt for Only Watch soati esa 150 ming frankka ketdi.

Shveytsariyadagi WOSTEP soatsozlik san'ati maktabi bitiruvchilari tomondan yaratilgan The WOSTEP Watch Reference 100 soati 50 ming frankka xarid qilindi.

Urwerk soat markasi va mustaqil soatsoz Loran Ferrening birgalikdagi ijodi mahculi bo‘lgan The Arpal One 100 ming frankka sotildi.

100 ming frankdan qimmatroqqa sotilgan yana bir soat Breguet Classique Quantième Perpéturel En Ligne Only Watch 2017 bo‘ldi. Lotning yakuniy qiymati 110 ming frank bo‘lgan.
Only Watch auksionidan tushgan mablag‘lar miopatiya (asab-mushak kasalligi) bilan kurashuvchi Monako uyushmasi foydasiga o‘tkazildi. Auktsionda ishtirok etish uchun dunyoning eng yirik soatsozlik brendlari, mustaqil soatsozlar taklif etiladi. Auktsionda yagona nusxada yaratilgan soatlargina sotiladi. Ushbu auksionga 2005 yilda asos solingan va u ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi
Jahon | 18:44
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
Mavzuga oid

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:29 / 04.02.2025